Xayitov Jonibek Kurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bis mochevina hosilalarini sintezi va texnologiyasini ishlab chiqish, xossalari va ularning qo‘llanilishi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K593.
Ilmiy rahbar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Erxon, kimyo fanlari doktori, dotsent; Abdugafurov Ibrohimjon Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimqchilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bis-mochevinalarning yangi hosilalarini sintez qilish, kimyoviy tuzilishini isbotlash, kimyoviy xossalari, texnologiyasini ishlab chiqish hamda qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor geksametilendiizosianat bilan azobezolilamin, 2,2'-amino-azotoluol, difenilamin, 1-aminonaftalin (α-naftilamin) reaksiyalari asosida bis-mochevinalarni yangi hosilalari olingan;
azobezolilamin, 2,2'-amino-azotoluol, difenilamin, 1-aminonaftalinlarni nukleofil birikish reaksiyasi mexanizmi va reaksiyani olib borishning muqobil sharoitlari aniqlangan;
sintez qilib olingan bis-mochevina hosilalarining tarkibi, tozaligi va kimyoviy tuzilishini zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari, IQ-, UB-, 1H va 13C-YaMR spektroskopiya hamda rentgen fazaviy, termogravimetrik tahlil usullari orqali isbotlangan;
bis-mochevina hosilalarini NaNO2, Ch3ONa, Ch3I va Ca(OCl)2 lar bilan almashinish reaksiyalarida, N-H guruhidagi «N» faol bo‘lganligi uchun oson va yuqori unum bilan chiqishi kimyoviy tajribalar, kvant kimyoviy va matematik modellashtirish usullari orqali isbotlangan;
geksametilendiizosianat bilan aromatik aminlar reaksiyasi natijasida bis-mochevina hosilalarini sintez qilishning energiya tejamkor, chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bis-mochevinalar hosilalari orasidan N,N'-geksametilen bis-[(1,1'-amino-azobenzolil)-mochevina] birikmasining ingibitor xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bis-mochevina hosilalarining samarali sintez usullari va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan bis-mochevina hosilalari asosida olingan ingibitorlar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2022 yil 21 sentyabrdagi OP 04/EM-3278-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft va gaz sanoati inshoatlari va metall qurilmalarini muhit pH=2 bo‘lgandagi turli kontsentratsiyalarda korroziya tezliklari 0,33-0,76 g/m2sga kamaytirishga, himoyalanish darajalarini 58,8-85,7 % ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan bis-mochevina hosilalari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”da ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan(Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2023 yil 27 martdagi 136-GK-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall qurilmalari, asbob-uskunalari hamda po‘lat konstruksiyalarni muhit pH=11 bo‘lgandagi turli kontsentratsiyalarda korroziya tezliklari 0,74-0,41g/m2sga kamaytirishga, himoyalanish darajalarini 47,4-89 % ga oshirish imkonini bergan.