Karimova Firdaus Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘arbiy O‘zbekistondagi Tomditov va Sangruntov tog‘larining devon stromatoporatalarining stratigrafik ahamiyati», 04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM165.
Ilmiy rahbar: Xusanov Sultanboy Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Regionalgeologiya» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Evseeva Galina Borisovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Kushakov Abdulla Romanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tomditov va Sangruntov tog‘larining devon yotqiziqlarini stratigrafiyasini yaxshilash va batafsil yoritib berish uchun stromatoporatlarini va monografik aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sangruntov tog‘ining shimoliy-sharqiy qismining geologik tuzilishi haqidagi tushunchalar asosida stromatoporatalarining devon yotqiziqlari kesmalarining tuzilishida va ularning tabaqalashda muhimligi aniqlangan;
ilk bor Sangruntov tog‘i meshten karbonat qatlamining yoshi stromatoporatlar asosida isbotlangan;
Sangruntov tog‘larining shimoli-sharqiy karbonat tizmasida yangi mashiquduq qatlamida amfiporalar topilgan: Paramphipora ex gr. hanimedi, Amphipora pinguisizylensis, fran yarusi yuqori devon yoshi uchun xarakterliligi aniqlangan;
Tomditov va Sangruntov tog‘larining devon yotqiziqlari uchun ilk bor stromatoporatli qatlamlar bilan to‘ldirilgan mukkamal subregional stratigrafik shkalasi ishlab chiqilgan;
ilk bor stromatoporatalarning 20 turi monografik ta’riflanib, ularning 14 avlodga tegishliligi va 1 ta yangi avlod aniqlangan, hamda tog‘ jinslarning yoshi va taksonomik mansubligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Stromatoporatalar bo‘yicha Tomditov va Sangruntov tog‘larining yotqiziqlarining stratigrafiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Devon yotqiziqlari stratigrafiyasining yangi biostratigrafik ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan sxemasi “O‘zbekgeologiya”AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 05-47-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tomditov va Sangruntov tog‘lari hududidagi devon yotqiziqlarining geologik rivojlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Tomditov va Sangruntov tog‘larining devon yotqiziqlari tasniflash bo‘yicha stromatoporat majmualari “O‘zbekgeologiya”AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 05-47-son ma’lumotnomasi). Natijada Tomditov va Sangruntov tog‘larida avtoxton va alloxton shakllanishlarini xaritalash imkonini bergan;
Tomditov va Sangruntov tog‘lari stromatoporatalarining Rossiya va boshqa regionlarning tengdosh uyushmalari asosida ishlab chiqilgan korrelyasiya sxemasi “O‘zbekgeologiya”AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 05-47-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydali komponentlar konsentratsiyasining eng istiqbolli darajasini aniqlash imkonini bergan.