Utemuratova Feruza Jumamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi artemiya populyatsiyalaridan  baliqchilikda foydalanishning biologik asoslari», 03.00.15 - Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B711.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlar doktori, professor; Sobirov Jobir Jamolovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizida shakllanayotgan artemiya populyatsiyalari sistalaridan intensiv akvakulturada baliq chavoqlarini etishtirishda  foydalanishning biologik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Orol dengizida shakllangan va sanoat usulida tayyorlangan artemiya sistalarining tinim davridagi morfologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan;
ilk marta artemiyaning Orol dengizi populyatsiyalari dekapsulyatsiyalangan sistalari o‘lchami va xorion qalinligi aniqlangan;
suv havzasida sistalardan nauplilar chiqishi biologik tartibi asoslangan va ularning morfologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
sistalarning rivojlanish tezligi va nauplilar chiqishi suvning sho‘rlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
suv sho‘rligi 30‰ bo‘lganda rivojlanish tezligi juda yuqori bo‘lishi va nauplilar chiqishi sezilarli ortishi aniqlangan;  
karp balig‘i chavoqlarini oziqlantirishda artemiya nauplilaridan foydalanish  boshqa tipdagi emlar bilan taqqoslaganda istiqbolli ekanligi asoslangan;
respublikada sanoat baliqchiligi baliq pitomniklarini rivojlantirishda baliqlarni ko‘paytirish uchun qimmat yuqori oqsilli boshlang‘ich emlar importini qisqartirish maqsadida Orol dengizidan tayyorlangan artemiya sistalaridan foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol dengizi artemiya populyatsiyalaridan baliqchilikda foydalanishning biologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karp baliqlarining lichinkalarini oziqlantirishda boshlang‘ich ozuqa sifatida artemiya nauplilari bilan oziqlantirish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Baliqchilik” ilmiy markazida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekbaliqsanoat uyushmasining 2022 yil 22 noyabrdagi 09/929-son ma’lumotnomasi). Natijada, karp balig‘i chavoqlarini etishtirish harajatlari kamayib o‘tgan yillarga nisbatan ikki hissa ko‘p sof daromad olish imkoniyati yaratilgan;
lichinka va chavoqlarni artemiya nauplilari bilan oziqlantirish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Abdug‘ani ota sulolasi” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekbaliqsanoat uyushmasining 2022 yil 22 noyabrdagi 09/929-son ma’lumotnomasi). Natijada, artemiya nauplilari bilan oziqlantirilgan basseyndagi chavoqlar umumiy biomassasini 42 kg dan 70 kgga yoki biomassani 1,75 martaga, lichinkalardan chavoqlar chiqishini 60% dan 70% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
karp balig‘i lichinkalarini artemiya nauplilari bilan oziqlantirish orqali ulardan chavoqlar chiqish ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha tavsiyalar “Halol Hazina” MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 dekabrdagi 08/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, chavoqlar chiqishi nazoratdagiga nisbatan 27% va me’yor ko‘rsatkichidan 7% oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish