Toshova Nozima Rajabboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Hovuz baliqchiligida soya sutidan foydalangan holda karpsimon baliqlar chavog‘ini etishtirishning biologik asoslari», 03.00.15 - Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B710.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkinjon Berdikulovich, biologiya fanlar doktori, professor; Nazarov Muxammadrasul Sharopovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo havzasi o‘rta oqimida drenaj tizimi qisman sho‘rlangan suvlaridan to‘yinadigan hovuzlarda soya sutidan foydalangan holda karpsimon baliqlar chavoqlarini etishtirish imkoniyati va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba respublikamizda qisman sho‘rlangan drenaj tizimi suvlaridan to‘yinadigan hovuzlarda etishtirilayotgan karpsimon baliqlar lichinkasini monokulturada, bir yozlik chavoqlarini polikulturada soya sutidan foydalangan holda etishtirish imkoniyati ilmiy asoslangan;
soya sutidan organik o‘g‘it sifatida foydalanilganda hovuzlarda boy tabiiy ozuqa bazasi organizmlari shakllanishi aniqlangan;
soya sutidan foydalanganda lichinkalar monokulturada, bir yozlik chavoqlar polikulturada tez o‘sishi isbotlangan; oq do‘ngpeshona bir yozlik chavog‘i o‘rtacha – 145 g, karp – 100 g, oq amur – 250 g, chipor do‘ngpeshona – 200 g gacha og‘irlikka etkazish imkoniyati ochib berilgan.
respublikada ko‘p yillik baliq mahsuldorligi ko‘rsatkichi gektariga 20-23 sentner bo‘lib turgan bir paytda qisman sho‘rlangan suvli hovuzlarda soya sutidan foydalanganda baliq mahsuldorligi yuqori bo‘lib gektariga – 27.4- 48.9 sentnerga etishi ilmiyisbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hovuz baliqchiligi sharoitida soya sutidan foydalangan holda baliq chavoqlarini etishtirishning biologik asoslari mavzusida olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
oq do‘ngpeshona baliqlar lichinkalarini monokulturada o‘stirish uchun hovuzlar tabiiy ozuqa bazasi organizmlari rivojlanishini tezlashtirish maqsadida soya sutidan va boshqa o‘g‘itlardan kompleks holda foydalanish haqidagi tavsiyasi “Sunnat Fishing” MChJ baliqchilik xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2022 yil 6 apreldagi 09/306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lichinkalarlardan chavoq chiqishi 68% tashkil qilib, oldingi yillar ko‘rsatkichidan 23-33% ga va chavoqlar og‘irligi 3-5 g ga etib – 2-3.8 g ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
soya suti miqdorini oshirib boorish to‘g‘risidagi tavsiyasi “Yangi oltin baliq” MChJ da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 apreldagi 02/23-715-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oq do‘ngpeshona lichinkalaridan chavoq chiqishi ko‘rsatkichini 20-27 % ga oshirib 65% ga, baliq chavoqlarining vaznini – 3.5 - 9.1 (o‘rtacha 4.1 g) etkazib oldingi yillar ko‘rsatkichidan 2-4 gr ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
hovuzlarni o‘g‘itlash to‘g‘risidagi tavsiyasi “KHORROT FISh HOUSE” UKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2022 yil 6 apreldagi 09/306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lichinkalardan chavoqlar chiqishi 48-61% dan 78 % ga, chavoqlaring vazni 0,7-0,9 g dan 3,6 g oshirish imkoniyatini bergan;
hovuzlarni gektariga 300 kg dan ohaklash va gektariga 5 tonna go‘ng kiritish to‘g‘risidagi tavsiyasi “Afzalbek-Umidjon-Azizbek” MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 apreldagi 02/23-715-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lichinkalardan chavoqlar chiqishini oq do‘ngpeshonada 63% ga, karp balig‘ida 61% ga etkazib oldingi yil ko‘rsatkichlarini mos ravishda 23-26 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.