Kim Svetlana Ilinichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sirdaryo havzasi akvakultura tizimlarida suv sifat ko‘rsatkichlarini cheklovchi xususiyatlari», 03.00.15 - Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B709.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Mullabaev Nodirbek Ravshanbekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida etishtirilayotgan baliqlar o‘sishi va biomassasining ortishini etarli darajada qulay sharoiti bilan ta’minlash uchun turli jadallik darajasidagi (yarim intensiv, intensiv) baliqchilik havzalari suvining asosiy baliqchilik sifat ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikada tuproq hovuzlarda, qafas moslamalarida, oqar suv basseynlarida etishtirilayotgan baliq turlarining sezilarli o‘sishini ta’minlash uchun suv haroratining kunlik va yillik dinamikasi ta’sir qilishi, baliqchilik havzalarida 0,1 dan 40 kg/m3 o‘stirish tig‘izligida etishtirilayotgan baliq turlariga suvda erigan kislorod miqdorining kunlik va yillik ko‘rsatkich dinamikasi aniqlangan;
hovuzlarda etishtilalayotgan karpsimon (Cyprinidae), oqar suv basseynlarida lossossimon (Salmonidae) va osyotrsimon (Acipenseridae), YoSTQ (UZV) da tsixlidlar (Cihlidae) oilasi vakillari metabolizm jarayonida hosil bo‘ladigan azot saqlovchi moddalari (ammoniy va nitritlat) ko‘rsatkichi tabiiy harorat sharoitida ularning biomassasiga bog‘liq holda o‘zgarishi asoslangan;
turli tipdagi suv havzalar suvining baliqchilik sifat ko‘rsatkichlari hudud sharoitidan kelib chiqqan holda farq qilishi ilmiy asoslangan, Sirdaryo havzasi sharoitida er usti suvi harorati akvakultura muayyan texnologiyasini qo‘llash va unda etishtiriladigan obektlarni tanlashda cheklovchi omil sifatida ta’sir qilishi aniqlangan;
O‘zbekiston sharoitida sanoat baliqchiligi yo‘nalishida suv sifatini saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan qafas moslamalari istiqbolga ega ekanligi isbotlangan;
turli jadallikdagi baliqchilik havzalari suvining sifat ko‘rsatkichlarini tezkor baholash va monitoring qilish bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo havzasi akvakultura tizimlarida suv sifat ko‘rsatkichlarining cheklovchi xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hovuzlarni ko‘chma aerator qurilmasi yordamida erigan kislorodga boyitish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Khorrot fish house” UKda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 apreldagi 02/23-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvda erigan kislorod miqdori 4,16 mg/l dan 7,1 mg/l oshib baliqlar o‘lish holati to‘xtagan va hovuzlarning baliq mahsuldorligini 15 sentnerdan 22 sentnerga oshirish imkoniyati yaratilgan;
mualliflik guvohnomasi olingan (21.01.2021 yil, №37775 raqamli) tashqi biologik filtr Baliqchilik ilmiy - tadqiqot institutida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 apreldagi 02/23-714-son ma’lumotnomasi). Natijada, karp balig‘i chavoqlarining yashovchanligini 15 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ko‘chma aeratsiya qurilmasi bilan hovuzlarni erigan kislorodga boyitish to‘g‘risidagi tavsiyasi “Yangi oltin baliq” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2022 yil 24 martdagi 09/259-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvda erigan kislorod miqdori 4,2 mg/l dan 6,7 mg/l (63%) ga oshgan hamda karpsimon baliqlar inkubatsiyasi davrida ikradan lichinkalar chiqishini 45% ga yani, 30 % dan 75% ga oshirish imkonini bergan.