Dexqonova Diloraxon Rasuljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aydar - Arnasoy ko‘llar tizimidagi oq sla (Sander lucioperca L) balig‘ining morfo-ekologik xususiyatlari», 03.00.15 - Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B708.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mullabaev Nodirbek Ravshanbekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining asosiy ov ob’ekti sanaluvchi oq sla balig‘i to‘dalarining morfo-ekologik, biologik va mahsuldorlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hozirgi sharoitidagi (1990-yillarda favqulodda suv tashlanishi hisobiga maydoni sezilarli tarzda kattalashgandan keyin) ko‘llar tizimidagi oq sla balig‘ining meristik va plastik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli farq yo‘qligi va ko‘llar tizimida bitta populyasiya mavjud ekanligi asoslangan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida uchrovchi oq sla balig‘ining geografik oʻzgaruvchanligining qiyosiy jihati boʻyicha oʻrganilayotgan uchta suv havzasida boshqa mo‘tadil iqlimli hududlar suv havzalaridagidan ko‘ra o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori ekanligi aniqlangan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida oq sla balig‘ining ko‘payuvchanlik xususiyatlari, shu jumladan, serpushtlik ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi ilmiy asoslangan, ko‘llar tizimida olib borilayotgan ovning oq sla balig‘ining ko‘payish xususiyatlariga salbiy ta’sir etmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
oq sla balig‘ining o‘rganilgan suv havzalaridagi populyasiyasi hozirgi vaqtdagi ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi oq sla (Sander lucioperca L) balig‘ining morfo-ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
baliqchilik xo‘jaligiga baliq ovlashda katak o‘lchamlari – 70 mm gacha bo‘lgan to‘rlardan kuz-bahor mavsumida foydalanish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Oskar Gold” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvardagi 02/23-172- son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalikda 2022-yilda o‘tgan yillarga nisbatan 10 tonna ortiq baliq ovlash ih imkoniyatini bergan;
sanoat ovini boshqarishda oq sla balig‘i populyasiyasining sonini, uning yosh-o‘lcham tuzilmasiga ko‘ra tashkil qilish haqidagi tavsiyasi “Shavkat Sherzod hamkor” XK da amaliyotga joriy qilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvardagi 02/23-172- son ma’lumotnomasi). Natijada, oq sla balig‘ining AAKT dan bir yilda ovlashga ruxsat etilgan miqdori 300 tonna deb topish imkonini bergan;
chuqurligi 1-3 metr bo‘lgan qirg‘oq oldi hududida imkon qadar harakatni cheklash, shuningdek ko‘payish joyidan qaytayotgan baliqlarni qirg‘oqdan 70-100 metr masofada ushlash to‘g‘risidagi tavsiyasi “Insof servis TShG” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2023 yil 12 apreldagi 09/290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chavoqlar chiqishi oldingi yillar ko‘rsatkichidan 15-20 % oshgan hamda oq sla baliqlarni ovlash miqdorini 15 tonnaga oshirish imkoniyati yaratilgan.
6+ yoshdan katta oq sla baliqlarini tutish uchun katak o‘lchami 60x60 mm dan katta to‘rlardan foydalanish bo‘yicha bergan tavsiyasi “Davlati jahon” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2023 yil 12 apreldagi 09/290 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tgan yilga nisbatan 7 tonna ko‘p oq sla balig‘i ovlanib qo‘shimcha ravishda ikki baravar ko‘p sof daromad olish imkonini bergan.