Konisbaev Lesbek Karabay ulining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Qozog‘iston sharoitida uzumzorlarni yuqori shtambli shakllantirish tizimini agrobiologik asoslash”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Ostrouxova Serafima Andreevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qozog‘iston Respublikasi “Janubiy-g‘arbiy chorvachilik va o’simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Kenenbaev Serik Barmenbekovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, akademik; Normurodov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Qozog‘iston sharoitida yuqori shtampli tokning o’sishi, rivojlanishi, hosildorlik xususiyatlarini tadqiq qilish va kam xarajatli texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Qozog‘istonning janubiy sharoitida kurtaklar o’sishini o’z-o’zini tartibga solishga asoslangan, butalarni bog‘lash va "yashil operatsiyalar" ni talab qilmaydigan, mehnat va material xarajatlarini kamaytirishga imkon beradigan baland poyali buta shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan;
uzum o’simliklari mahsuldorligining biologik potensialini maksimal darajada amalga oshirish uchun novdalarning optimal yuki 55-60 novda/pog.m bo’lishi aniqlangan;
uzum tupining balandligi 170 sm gacha ko’tarilishi va o’sish usulining o’zgarishi bilan qishki davrda ko’zlarning xavfsizligi, hosildorlik va mahsuldorlik ko’rsatkichlarining oshishi isbotlangan;
Turkiston viloyatining sug‘oriladigan sharoitida yuklama meyorining ko’tarilishi 1 pogonometr so’riga 45-50 kurtak yoki texnik uzumning Iliyskiy va Bereke navlari uchun 164 ming novdagacha oshirish meva berish va hosildorlik darajasini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Qozog‘iston sharoitida uzumzorlarni yuqori shtambli shakllantirish tizimini agrobiologik asoslash bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar asosida:
uzum etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari uchun “Rekomendatsiya po nizkotrudoemkoy texnologii vozdelivaniya vinograda v Yujno-Kazaxstanskoy oblasti” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Janubiy-g‘arbiy chorvachilik va o’simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining 2012 yil 7 iyundagi №4-son bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma uzum etishtiruvchi xo’jaliklarda yuqori sifatli hosil olishda qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Janubiy Qozog‘iston viloyati sharoitida uzum etishtirishning kam harajatli texnologiyasi “Q.Qonisboev” tajriba xo’jaligining 10 gektar maydoniga joriy etilgan (5 aprel 2018 yildagi joriy qilish dalolatnomasi). Natijada, oddiy usulda ishlov berilgan uzumzorga nisbatan yuqori samara keltirishi aniqlangan.
tok tupi tanasini 170 sm balandlikda shakl berib o’stirish texnologiyasi “Raushan” dehqon xo’jaligining 5 gektar, “Juzenov” dehqon xo’jaligida 5 gektar, “Baxitjan” dehqon xo’jaligida 5 gektar va “Utebay” ishlab chiqarish kooperativi tajriba xo’jaligida 10 gektar maydonga joriy etilgan (12 noyabr 2020 yildagi joriy qilish dalolatnomalari). Natijada, 120 sm balandlikda shakl berib o’stirilgan tokzorga nisbatan yuqori hosil berishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish