Tilavov Fayzulla Eshkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Surxon vohasi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rni (1910-1945 yy.), 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1131.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti  Nodavlat talim muassasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rnini XX asr boshlaridan-1945 yilgacha bo‘lgan davrini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasida sanoat korxonalari tashkil topishiga asos bo‘lgan  mavjud hosildor va yangi o‘zlashtirilgan yerlarga paxta ekinlarining sanoatbop ingichka tolali, o‘rta tolali, uzun tolali hamda dag‘al tolali kabi paxtaning mavrigi, ipak paxta, misr paxtasi, amerikan paxta kabi navlarini ekish zarurati, paxta tolasi masalasida ularni iqlimga moslashtirish, momiqqa ishlov berish uni yarim tayyor mahsulotga aylantirish bilan bog‘liq jihatlar mavjud bo‘lganligi dalillangan;
Rossiya va sovet hokimiyati tomonidan qurilgan sanoat korxonalaridan kelayotgan iqtisodiy manfatdorlik, rusiyzabon ishlarchilarni ijtimoiy-moddiy jihatdan himoya qilish, mahalliy aholini arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, paxta zavodlarining mahsulotni bir marta qayta ishlashga moslashtirib qurishdan markazga qaramlik hamda shu asosda o‘lkadagi homashyo manbalardan olinadigan foydani metropoliya manfaatlariga bo‘ysundirish kabi maqsadlar ko‘zlanganligi aniqlangan;
sovetlar davrida vohada oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat tipida tayyorlashdagi qayta ishlash, qadoqlash, konservatsiya qilish hamda saqlash bilan bog‘liq kamchiliklar, oziq-ovqat (kolbasa, pishloq, kefir) mahsulotlarini ishlab chiqarishga korxonalarning moddiy texnik bazasining zaifligi, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanmaganligi, malakali ishchi kadrlarning etishmasligi, mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy aholi ehtiyojlarining inobatga olinmaganligi sababli imkon berilmaganligi, paxta yog‘-moyi va sovun ishlab chiqaruvchi, jun va pillani qayta ishlovchi zavod va fabrikalarning qurilishiga to‘sqinlik qilish holatlari mavjud bo‘lganligi dalillangan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida vohaning Sherobod tumani Xujaikon tuz konidagi sanoat korxonasining ishga tushirilishi, mintaqada kauchuk tashuvchi takasaqqiz o‘simligini qayta tayyorlab, frontdagi harbiy armiya ehtiyojlari uchun etkazib berilganligi, ipak qurtining ham yoz, ham kuz oylarida takroriy boqilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy shakllanish va tajriba bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida 1910-1945 yillarda Surxon vohasi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rnini muayyan o‘rganish asosida olingan xulosa va tavsiyalarning ilmiy natijalari asosida:
Surxon vohasida sanoat korxonalari tashkil topishiga asos bo‘lgan  mavjud hosildor va yangi o‘zlashtirilgan yerlarga paxta ekinlarining sanoatbop ingıchka tolalı, o‘rta tolali, uzun tolali hamda dag‘al tolali kabi paxtaning mavrigi, ipak paxta, misr paxtasi, amerikan paxta kabi navlarini ekish zarurati, paxta tolasi masalasida ularni iqlimga moslashtirish, momiqqa ishlov berish uni yarim tayyor mahsulotga aylantirish bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganligi, Rossiya va sovet hokimiyati tomonidan qurilgan sanoat korxonalaridan kelayotgan iqtisodiy manfatdorlik, rusiyzabon ishlarchilarni ijtimoiy-moddiy jihatdan himoya qilish, mahalliy aholini arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, paxta zavodlarining mahsulotni bir marta qayta ishlashga moslashtirib qurishdan markazga qaramlik hamda shu asosda o‘lkadagi homashyo manbalardan olinadigan foydani metropoliya manfaatlariga bo‘ysundirish kabi maqsadlar ko‘zlanganligi aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali DUK ning 2023-yil 29-maydagi 06-31-842-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxon vohasi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rni (1910-1945 yy.) yaxlit tarzda ochib berish imkoniyati yaratilgan;
sovetlar davrida vohada oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat tipida tayyorlashdagi qayta ishlash, qadoqlash, konservatsiya qilish hamda saqlash bilan bog‘liq kamchiliklar, oziq-ovqat (kolbasa, pishloq, kefir) mahsulotlarini ishlab chiqarishga korxonalarning moddiy texnik bazasining zaifligi, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanmaganligi, malakali ishchi kadrlarning etishmasligi, mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy aholi ehtiyojlarining inobatga olinmaganligi sababli imkon berilmaganligi, paxta yog‘-moyi va sovun ishlab chiqaruvchi, jun va pillani qayta ishlovchi zavod va fabrikalarning qurilishiga to‘sqinlik qilish holatlari mavjud bo‘lganligi, Ikkinchi jahon urushi yillarida vohaning Sherobod tumani Xujaikon tuz konidagi sanoat korxonasining ishga tushirilishi, mintaqada kauchuk tashuvchi takasaqqiz o‘simligini qayta tayyorlab, frontdagi harbiy armiya ehtiyojlari uchun etkazib berilganligi, ipak qurtining ham yoz, ham kuz oylarida takroriy boqilganligi bilan bog‘liq ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 12-iyuldagi 02-22/669-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda Surxon vohasi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rnini XX asr boshi - XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrini o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish