Matchanov Azamat Abadovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

        I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Organizatsionno-ekonomicheskiy mexanizm povisheniya effektivnosti deyatel`nosti promishlennix predpriyatiy (na primere predpriyatiy energeticheskoy otrasli Respubliki Uzbekistan)”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
        Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.1. PhD/Iqt1183.
        Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor
        Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
        IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.12.2019. I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
        Rasmiy opponentlar: Teshabaev Tulqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Samadov Gaffar Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
        Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
        Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
        II.Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari faoliyati samaradorli-gini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmilarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
        III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
       ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqaruvning nazorat bosqichida ishlab chiqarish samarasini bashorat qilishga ko‘ra takomillashtirilgan;
        elektr energiyasini ishlab chiqarishning istiqbolli turi va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha Clean Coal yoki HELE texnologiyasi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan samarali ekanligi asoslangan;
        asosiy vositalardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra “Yangi Angren IES” AJ iqtisodiy faoliyatining 2028 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
        elektr energiyasini ishlab chiqarish sub'ektida iqtisodiy risklarni oldindan aniqlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq tuzilmalar (bo‘limlar) faoliyatining maqsadli parametrlarga muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirilgan.
        IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
        Sanoat korxonalari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
        ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi uning nazorat bosqichida ishlab chiqarish samarasini bashorat qilishga ko‘ra takomillashtirish taklifi “Yangi Angren IES” AJ faoliyatiga joriy etilgan. Taklifning joriy etilishi “Yangi Angren IES” AJ asosiy faoliyatdan olingan foyda miqdorining 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 2,45 foizga o‘sishiga imkon yaratgan;
        elektr energiyasini ishlab chiqarishning istiqbolli turi va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha Clean Coal yoki HELE texnologiyasi iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan samarali ekanligi bo‘yicha taklif “Yangi Angren IES” AJ faoliyatiga joriy qilingan. Mazkur texnologiyaning joriy etilishi ko‘mir yonishi chiqindisining 2 foizga va “Yangi Angren IES” AJ foydali ish koeffisientining 37,5% dan 38,1% gacha oshishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan;
       asosiy vositalardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra “Yangi Angren IES” AJ iqtisodiy faoliyatining 2028 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlari “Yangi Angren IES” AJ faoliyatiga joriy qilingan. Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida 2028 yilda asosiy vositalarni rivojlantirish 2022 yilga nisbatan o‘sishi va tarkibining takomillashtirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
elektr energiyasini ishlab chiqarish sub'ektida iqtisodiy risklarni oldindan aniqlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq tuzilmalar (bo‘limlar) faoliyatining maqsadli parametrlarga muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif “Yangi Angren IES” AJ faoliyatiga joriy qilingan. “Yangi Angren IES” AJ faoliyatida ushbu taklifning amalga oshirilishi natijasida sof foyda 60,3 milliard so‘mga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish