Egamberdiev Ilxomjon Yigitalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1630.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarini amalga tatbiq etish funksional ichki aqliy zaxira, xarakatlar algoritmi, shaxsiy xislatlar va qadriyatlar tizimini ta’limiy maqsadlarga mos yaxlitlash hamda virtual ta’lim muhitini intensiv shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan axborot almashinuvini pedagogik jarayonlarning ichki birligi va uyg‘un o‘zaro ta’siriga adaptiv moslashtirish hamda xayotiy qadriyat, ehtiyoj qiziqishlarni aqliy va jismoniy xislatlar rivojlanish bosqichlari bilan o‘zaro barqaror hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish modeli bilan o‘quv jarayoni sub’ektlarining akmeologik o‘zgaruvchanlik samaradorligi ratsional bog‘liqligini vektorli modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli axborotlarni izlash, o‘zlashtirish, qayta ishlash, uzatish ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va kommunikativ dialog vositalari tarkibiga kiritish hamda vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni intensiv belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot texnologik vositalari asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarini amalga tatbiq etish funksional ichki aqliy zaxira, xarakatlar algoritmi, shaxsiy xislatlar va qadriyatlar tizimini ta’limiy maqsadlarga mos yaxlitlash hamda virtual ta’lim muhitini intensiv shakllantirish asosida takomillashtrishga oid tavsiyalar “Taktik tayyorgarlik” nomli o‘quv qo‘llnama mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-108 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik, pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etish imkoni yaratilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan axborot almashinuvini pedagogik jarayonlarning ichki birligi va uyg‘un o‘zaro ta’siriga adaptiv moslashtirish hamda xayotiy qadriyat, ehtiyoj qiziqishlarni aqliy va jismoniy xislatlar rivojlanish bosqichlari bilan o‘zaro barqaror hamkorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Texnik tayyorgarlik (Zirhli transortyor btr-80)” nomli o‘quv qo‘llnama mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 19-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0679 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning prognostik metod va texnologiyalarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi kasbiy kompetentlikni rivojlantirish modeli bilan o‘quv jarayoni sub’ektlarining akmeologik o‘zgaruvchanlik samaradorligi ratsional bog‘liqligini vektorli modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Taktik tayyorgarlik” nomli o‘quv qo‘llnama mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-108 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli axborotlarni izlash, o‘zlashtirish, qayta ishlash, uzatish ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va kommunikativ dialog vositalari tarkibiga kiritish hamda vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni intensiv belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnik tayyorgarlik (Zirhli transortyor btr-80)” nomli o‘quv qo‘llnama mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 19-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0679 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv modullari mazmunini didaktik vositalar asosida takomillashtirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish