Atabaeva Go‘zal Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Omon Muxtor romanlarida shakliy-uslubiy o‘ziga xoslik”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil953.
Ilmiy rahbar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Obidaxon Xolbekovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida jiddiy yangilik bo‘lgan Omon Muxtor romanlarining mazmun-mohiyati, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligini yozuvchining tafakkur kengligi, taxayyul yuksakligi hamda badiiy voqelik yaratish tamoyillari negizida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O.Muxtor romanlaridagi shakliy-kompozision va badiiy ifodaviy xususiyatlar hayot materialining badiiy konsepsiyani shakllantirish, yozuvchi dunyoqarashi, makon va zamon, adabiy ta’sir, ijodiy o‘zlashtirish, shakliy-uslubiy o‘ziga xoslik, badiiy nutq uslubi, poetik tasvir usullari xilma-xilligi, badiiy detallar funksionalligida namoyon bo‘lishi nazariy tushuncha va kategorial tamoyillarga tayanilgan holda dalillangan;
adib romanlarida shakl va mazmun mutanosibligi, yozuvchi dunyoqarashi, poetik ifoda uslubi kabi faktorlar hamda uslubiy yangilanishlar rang-barangligi tobora globallashayotgan zamon va yagona ekspsixologik maydonga aylangan makon, shuningdek, jadal taraqqiyotdagi hayot maromi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslangan;
O.Muxtor tasvir obektini yagona nigoh bilan ko‘rish, tasavvur qilish imkoniyatini yuzaga chiqarish hamda kitobxon diqqatini asosiy markazga qaratishga, yangi tipdagi qahramonlar obrazini ifodalashning o‘ziga xos usullarini qo‘llashga intilgani bilan bog‘liq badiiy tasvir va talqin poetikasidagi o‘zgarishlar asosida isbotlangan;
istiqlol davri o‘zbek romanchiligi mumtoz adabiy an’analar, realistik romanchilik tajribalari, adabiy oqimlarga xos modernistik va postmodernistik xususiyatlar adabiy ta’sir va ijodiy individuallikning sintezi ekanligi, zamonaviy milliy romanlarda falsafiy mushohada teranlashib, intellektual romanlarga xos poetik xususiyatlar yorqin namoyon bo‘layotgani, tasviriy ifodalarda ramziylikning roli ortgani badiiy-estetik konsepsiyasini belgilashda muhim omil ekanligi Omon Muxtor romanlari misolida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O.Muxtor romanlarida shakliy-uslubiy o‘ziga xoslik masalasini tadqiq etish hamda uning nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Omon Muxtor romanlaridagi shakliy-kompozision va badiiy ifodaviy xususiyatlar hayot materialining badiiy konsepsiyani shakllantirish, yozuvchi dunyoqarashi, makon va zamon, adabiy ta’sir, ijodiy o‘zlashtirish, shakliy-uslubiy o‘ziga xoslik, badiiy nutq uslubi, poetik tasvir usullari xilma-xilligi, badiiy detallar funksionalligida namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 28-fevraldagi 69/1-son va O‘zR FA Qoraqalpoq bo‘limining 28.02.22 69/01-son ma’lumotnomasi). Natijada O.Muxtor romanlarida voqelik poetik ifodasida folklorga murojaat qilish tajribalaridan foydalanib, har bir poetik unsurning mohiyati va funksiyasi belgilanib, badiiy-estetik tahlillar mazmunini boyishiga erishilgan;
adib romanlarida shakl va mazmun mutanosibligi, yozuvchi dunyoqarashi, poetik ifoda uslubi kabi faktorlar hamda uslubiy yangilanishlar rang-barangligi tobora globallashayotgan zamon va yagona ekspsixologik maydonga aylangan makon, shuningdek, jadal taraqqiyotdagi hayot maromi bilan chambarchas bog‘liq ekanligiga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022-yil 31-oktyabrdagi 04/1-30/9-son ma’lumotnomasi). Natijada, O.Muxtor romanlari poetik ifodasida nasrdan she’rga, she’rdan nasrga erkin ko‘chish, o‘zga shoirlar she’riy satrlaridan erkin foydalanish yo‘sinlarida adib uslubining namoyon bo‘lishi hamda syujet yaratish tajribasi haqidagi xulosalari asosida adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlar yanada boyitilgan;
istiqlol davri o‘zbek romanchiligi mumtoz adabiy an’analar, realistik romanchilik tajribalari, adabiy oqimlarga xos modernistik va postmodernistik xususiyatlar adabiy ta’sir va ijodiy individuallikning sintezi ekanligi, zamonaviy milliy romanlarda falsafiy mushohada teranlashib, intellektual romanlarga xos poetik xususiyatlar yorqin namoyon bo‘layotgani, tasviriy ifodalarda ramziylikning roli ortgani badiiy-estetik konsepsiyasini belgilashda muhim omil ekanligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlari ssenariylarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 6-fevraldagi O‘z/Rv-23.13-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirishlar ssenariylari yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan, milliy romanchiligimiz yutuqlari keng ommaga havola etilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasini yanada yuksalishiga xizmat qilgan.