Yunusova Shaxnoza Muxamedumarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning pragmatik xoslanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3070.
Ilmiy rahbar: Rasulov Ravshanxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02.
Rasmiy opponentlar: Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori  (DSc), dotsent; Abdullaev Jumanazar Xudoyberdievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning pragmatik xoslanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari jihatdan egasiz bir bosh bo‘lakli gaplardan iborat bo‘lishi tilimiz grammatikasining o‘ziga xosligini belgilovchi kesimda egaga ishora qiluvchi morfologik shakllarning mavjudligi qonuniyati orqali ochib berilgan;
jahon tilshunosligidagi reklama matnlarida qo‘llangan gaplar asosan sodda konstruksiyalardan, ularning aksariyati ikki bosh bo‘lakdan iboratligi gap qurilishining reklama matnlaridagi sintaktik jihatdan o‘ziga xoslik sifatida ifodalanishi dalillangan;
reklamada lisoniy vositalar orqali mahsulot va xizmatning xususiyatlarini to‘liq ochib berish etarli bo‘lmaganda ularga hissiy ta’sir etishga xizmat qiladigan tasvir, ovoz, ishoralar kabi nolisoniy vositalar hamkorlik qilishi reklama nutqining maqsadi va talabi ekanligi asoslangan;
reklamada matnlarning xilma-xilligi qo‘llanadigan tasvir, ovoz kabi nolisoniy vositalarning tur va darajasi, mahsulot hamda xizmat xususiyati, foydalanuvchilar auditoriyasi, mahsulot ishlab chiqarilgan, xizmat ko‘rsatiladigan muhit mentalitetiga bog‘liq ekanligi misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning pragmatik xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilida reklama matnlarining sintaktik xususiyatlari jihatdan egasiz bir bosh bo‘lakli gaplardan iborat bo‘lishi tilimiz grammatikasining o‘ziga xosligini belgilovchi kesimda egaga ishora qiluvchi morfologik shakllarning mavjudligi qonuniyati orqali ochib berilganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 29-maydagi 04/1-1033-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani turkiy tillarni o‘rganishning yaxlit (qiyosiy) grammatikasini yaratishga doir qismini nazariy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
reklamada matnlarning xilma-xilligi qo‘llanadigan nolisoniy vositalarning tur va darajasi, mahsulot hamda xizmat xususiyati, foydalanuvchilar auditoriyasi, mahsulot ishlab chiqarilgan, xizmat ko‘rsatiladigan muhit mentalitetiga bog‘liq ekanligiga doir oid xulosalardan, reklama matnlarida darak (ma’lumot berish), buyruq (da’vat qilish, undash), so‘roq (mahsulot va xizmatning muhim jihatlarini so‘rash), his-hayajonli gaplardan foydalanilishi kabi ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 29-maydagi 04/1-1033-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani inson qiyofasi, fe’l-atvori, milliy timsollarni aks ettiruvchi leksemalar bilan boyitish imkonini bergan;
reklamada lisoniy vositalar orqali mahsulot va xizmatning xususiyatlarini to‘liq ochib berish etarli bo‘lmaganda ularga hissiy ta’sir etishga xizmat qiladigan tasvir, ovoz, ishoralar kabi nolisoniy vositalar hamkorlik qilishi reklama nutqining maqsadi va talabi ekanligi asoslanganligi kabi tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarida (2022¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬–2023-yillar) ssenariylarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023-yil 1-iyundagi            04-36-877-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar  ilmiy jihatdan boyitilib, kopirayterlar uchun ma’lumot berishda ham muhim ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish