Majidova Nozima Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4354.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Norquzieva Zebo Kamolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari muammoli vaziyatlarda pedagogik muammoni ratsional bartaraf etishga qaratilgan mustaqil o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli shakllantirish hamda xorijiy tilning kommunikativ, adaptiv va modellashtirish darajasini shaxsiy motivlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish samaradorligi mustaqil o‘quv faoliyatining pedagogik strukturasi va o‘quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyaning statik va dinamik bosqichlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra shakllantirish hamda til va madaniyat qonuniyatlarini bir butunlikda o‘rganishda mustaqil akademik va texnik muloqot vositalaridan effektiv foydalanish va o‘z fikrini bayon qilish va izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga muntazam ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan tizimli-integrativ, kommunikativ-faoliyatli va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash, o‘quv faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni asoslash hamda xorijiy tilda nutqiy amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati imkoniyatlari bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish modeli autentik materiallarni o‘rganish, integrallashgan mashqlarni bajarishda professional yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘rganish (ESP: English for Specific Purposes) va “Tedtalk” motivatsion treninglardan effektiv foydalanish hamda individual-tipologik xususiyatlarini o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqadorligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari muammoli vaziyatlarda pedagogik muammoni ratsional bartaraf etishga qaratilgan mustaqil o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli shakllantirish hamda xorijiy tilning kommunikativ, adaptiv va modellashtirish darajasini shaxsiy motivlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish samaradorligi mustaqil o‘quv faoliyatining pedagogik strukturasi va o‘quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyaning statik va dinamik bosqichlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra shakllantirish hamda til va madaniyat qonuniyatlarini bir butunlikda o‘rganishda mustaqil akademik va texnik muloqot vositalaridan effektiv foydalanish va o‘z fikrini bayon qilish va izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga muntazam ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kredit-modul tizimida talabalarning motivatsiyasi va muloqotga kirishuvchanligi oshgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan tizimli-integrativ, kommunikativ-faoliyatli va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash, o‘quv faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni asoslash hamda xorijiy tilda nutqiy amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati imkoniyatlari bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada xorijiy tili va o‘quv faoliyati takomillashgan talabaga erishilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning o‘quv faoliyatini takomillashtirish modeli autentik materiallarni o‘rganish, integrallashgan mashqlarni bajarishda professional yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘rganish (ESP: English for Specific Purposes) va “Tedtalk” motivatsion treninglardan effektiv foydalanish hamda individual-tipologik xususiyatlarini o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqadorligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “English” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-32 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kredit-modul tizimida talabalarning kommunikativ va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.