Ziyomov Bobur Ziyomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Dehqonobod egilmasining zamonaviy geodinamikasi», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM100.
Ilmiy rahbar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Gafur Yuldashevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Jo‘raev Mexroj Nurillaevich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dehqonobod egilmasining geodinamikasi bo‘yicha zamonaviy geodinamik modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dehqonobod egilmasi tektonik faol xususiyatiga ega planetar miqyosdagi lineament zonasida joylashganligi aniqlangan;
Dehqonobod egilmasining zamonaviy geodinamikasi ko‘p jihatdan uning regional er yoriqlar to‘ridagi, geofizik anomaliyalar va seysmik zonalardagi o‘rniga, shuningdek poydevor tuzilishiga va mezo-kaynozoy yotqiziqlari tarkibiga bog‘liqligi isbotlangan;
Kosmik suratlar va tektonik modellashtirish natijalari bilan birga geologik-geofizik, tektonik, kosmogeologik ma’lumotlarini deshifrovka tahlil qilish orqali Dehqonobod hududiy egilmasining kosmo tuzilmaviy modeli yaratilgan;
Dehqonobod egilmasi geodinamikasining asosiy uzilmali tuzilmalarining tektonik faolligi, ayrim bloklarning siljishi bilan tavsiflanadi, bu esa er yorig‘larni bukilish, tutashish va kesishish zonalarida tektonik kuchlanishni to‘planishiga olib kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dehqonobod egilmasining zamonaviy geodinamikasini tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
eksperimental tektonika va tuzilma-geologik usullar asosida uning mintaqaviy yoriqlari to‘rida, geofizik anomaliyalar, poydevorning tuzilishiga va mezozoy-kaynozoy yotqizig‘ tarkibiga bog‘liqligi “O‘zbekgeofizika” AJ faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 8 noyabrdagi 03/32 -son ma’lumotnomasi). Natijada, Tandircha tuzilmasida ishlarni rejalashtirishga imkon yaratgan;
kosmik suratlarni tahlil qilish, tektonik modellashtirish natijalari bilan birga geologik-geofizik, tektonik-kosmogeologik xaritalar “O‘zbekgeofizika” AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 8 noyabrdagi 03/32 -son ma’lumotnomasi). Natijada, Tandircha tuzilmasi er yorig‘larini aniqlash va neft-gazli tuzilmalarni geologik-qidirish ishlarini samarali olib borishga xizmat qilgan;
Dehqonobod egilmasi geodinamikasining asosiy uzilmali tuzilmalarining tektonik faolligi bo‘yicha modellari “O‘zbekgeofizika” AJ ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 8 noyabrdagi 03/32 -son ma’lumotnomasi). Natijada, Dehqonobod egilmasi hududidagi olib borilayotgan seysmik qidiruv ishlarini samarali rejalashtirishga imkon bergan;
hududni seysmik rayonlashtirishda foydalanish uchun tavsiya etilayotgan kosmostrukturaviy modelga oid hujjatlar to‘plami Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi 2/4/32-2242-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududni seysmik faol er yoriqlarini ajratish imkonini bergan;
Markaziy Osiyo er po‘stining hozirgi faolligi doirasidagi Dehqonobod egilmasining asosiy shimoliy-sharqiy er yoriqlarining kuchlar ta’siri ostida tektonik faolligi bo‘yicha olingan natijalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi 2/4/32-2242-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududni infratuzilma rivojlantirish dasturini qaytadan takomillash imkonini bergan;
Janubi - G‘arbiy O‘zbekistoning janubiy hududida ustunlik qiluvchi havf omillari va seysmik havfi yuqori zonalariga tegishli asoslangan ilmiy xulosalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi 2/4/32-2242-son ma’lumotnomasi). Natijada, seysmik faol zonalarda barpo etilgan inshootlarni favqulotda hodisalardan saqlanish va ularni nazorat dasturini ishlab chiqish imkonini bergan.