Abbosova Shohida Turdialievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda milliy g‘oyaning o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal730.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Baxodirjon Sodiqjonovich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Fargona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Sodiqova Shoxida Marxaboevna – sosiologiya fanlari doktori, professor: Suvanov Ilxom Abduxalilovich – falsafa fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat barqarorligida milliy g‘oyaning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy bilishning asosi ekanligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida “milliy g‘oya” va “jamiyat barqarorligi” tushunchalarining integresiyalashuvi tarkib topayotgan “Ijtimoiy davlat”ning asosiy elementlari sifatida jamiyat ideosferasi ekanligi ochib berilgan;
yoshlarda milliy g‘oyani shakllantirishning maqsadi jamiyatimiz barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishiga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali faol fuqarolik posisiyasi hamda mafkuraviy immunitetlari mustahkamlanishi asoslab berilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashning statistik va dinamik qonuniyatlari sifatida aholi tafakkurida milliy g‘oyaning ma’naviy-axloqiy jihatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga “Yangi milliy mafkura”ning strategik konsepsiyasini mustahkamlash zarurati aniqlangan;
xalq va millat dunyoqarashini shakllantirishda milliy g‘oyaning ta’lim-tarbiya, axloq normalariga mos ekanligi hamda ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda inkor, yangilanish va vorisiylik tamoyillari o‘zida ifoda etishi jamiyat barqaror taraqqiyotidagi ahamiyatiga oid milliy-madaniy, sotsio-dinamik va mental xususiyatlarga ega taklif hamda korporativ yoki individual yondashuvli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyat barqarorligini ta’minlashda milliy g‘oyaning o‘rniga oid olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari;
jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida “milliy g‘oya” va “jamiyat barqarorligi” tushunchalarining integresiyalashuvi tarkib topayotgan “Ijtimoiy davlat”ning asosiy elementlari sifatida jamiyat ideosferasi ekanligi hamda yoshlarda milliy g‘oyani shakllantirishning maqsadi jamiyatimiz barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishiga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali faol fuqarolik posisiyasi hamda mafkuraviy immunitetlari mustahkamlanishi haqidagi xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yildagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan “Yangi Uyg‘onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi” va “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 16 dekabrdagi 02/24-551-son dalolatnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalari jamiyat barqaror taraqqiyotini ta’minlashda milliy g‘oyaga ehtiyoj borligi, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligiga va jamiyat muhitini barqarorlashtirishda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligi sifatida o‘rganishga xizmat qilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashning statistik va dinamik qonuniyatlari sifatida aholi tafakkurida milliy g‘oyaning ma’naviy-axloqiy jihatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga “Yangi milliy mafkura”ning strategik konsepsiyasiga oid xulosalar O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Yosh adolatchilar” qanotining Nizomida belgilangan 2.1 bandidagi “Yoshlarga jamiyatning muhim, qimmatli milliy resursi sifatida qarab, ularning ma’lumotliligi, mustaqil fikr va keng dunyoqarashga egaligi, shuningdek, harakatchanligi va intiluvchanligini, zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalardan foydalanishdagi keng imkoniyatlarni inobatga olgan holda “Yosh adolatchilar” qanoti o‘z faoliyatining asosiy maqsadi mamlakatda yangi innovasion iqtisodiyot yuzaga kelayotgan, ta’lim tizimi taraqqiy topayotgan, bandlik darajasi o‘sayotgan, sog‘lom turmush tarzining ajoyib imkoniyatlari yaratilayotgan, mustahkam fuqarolik pozisiyasi ishlab chiqilayotgan sharoitlarni qamrab oluvchi mamlakatdagi o‘zgarishlardan yosh yigit-qizlarning o‘z imkoniyatlari yutuqlarini aniq tasavvur etishlariga qaratilgan” vazifalarni bajarishda dissertasiya yangiliklaridan foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengashining 2022 yil 27 oktyabrdagi 01-03/534/1-son dalolatnomasi). Natijada jamiyat barqaror taraqqiyotini ta’minlashda milliy g‘oya yoshlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi manfaatlarini ta’minlash, ishonch va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni ko‘zda tutuvchi davlat strategiyasini amalga oshirish uchun xizmat qilgan;
xalq va millat dunyoqarashini shakllantirishda milliy g‘oyaning ta’lim-tarbiya, axloq normalariga mos ekanligi hamda ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda inkor, yangilanish va vorisiylik tamoyillari o‘zida ifoda etishi jamiyat barqaror taraqqiyotidagi ahamiyatiga oid milliy-madaniy, sotsio-dinamik va mental xususiyatlarga ega taklif hamda korporativ yoki individual yondashuvli tavsiyalarga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 16 dekabrdagi 02/24-551-son dalolatnomasi). Natijada jamiyat barqaror taraqqiyotini ta’minlashda milliy g‘oyaga ehtiyoj borligiga va uning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligini yuksalishiga xizmat qilgan.