Musurmanova Shaxnoza Qo‘chqorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Harbiy terminlarni tarjima qilishning lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz tilining          britaniya va amerika variantlari asosida), 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil597.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Akmal Gulamjanovich, filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;   Qo‘ldoshev Akrom Mahmudovich, filologiya fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilining  britaniya va amerika variantlaridagi harbiy sohaga oid terminlarini o‘zbek tiliga  tarjima qilishning lingvokulturologik  xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy terminlarni diskursda ijtimoiy-madaniy xarakterdagi kognitiv jarayon vositasi sifatida tarjima qilishda lisoniy olam tasvirini shakllantirishdagi milliy-madaniy xususiyatlar aniqlangan;
harbiy sohaga oid matnlarni tarjima qilishda har ikki til harbiy terminologiyasining oltita semantik guruhda namoyon bo‘luvchi (qo‘shin turlarini ifodalovchi terminlar, harbiy shtab faoliyatiga  oid terminlar, umumtaktikaga oid terminlar, harbiy-tashkiliy faoliyatni ifodalovchi terminlar, harbiy topografik terminlar, harbiy saf va jangovar tarkibni tashkillashtirishga oid terminlar) lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishda adekvat tarjima qilish usulining ustuvorligi aniqlangan;
ingliz tilining britaniya va amerika variantlarini leksikografik talqin qilish  tamoyillarini takomillashtirish hamda harbiy terminlar tizimini tartibga solish (unifikatsiya qilish), ularni tarjima qilishda leksik transformatsiyalarni qo‘llash sababli samaradorligi variantlardagi  farqlanish mexanizmini taqdim etish orqali  isbotlangan;
ingliz tilining britaniya va amerika variantlari harbiy terminlarini tarjima qilish jarayonida ularning turli so‘z turkumlariga mansubliligi sinxron aspektdagi leksik-semantik, strukturaviy-semantik hamda pragmatik xususiyatlari kategorizatsiya aniqlangan lingostatistik mezonlarga ko‘ra isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy terminlarni chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilish asosida:
terminlarni diskursda ijtimoiy-madaniy xarakterdagi kognitiv jarayon vositasi sifatida tarjima qilishga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 iyuldagi 04-36-1183-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilining britaniya va amerika variantlarini leksikografik talqin qilish tamoyillarini takomillashtirish hamda soha leksikasining tartibga solinishida berilgan tavsiyalar tinglovchilar bilimlarining boyishiga xizmat qilgan;
sohaga oid matnlarni tarjima qilishda har ikki til terminologiyasining oltita semantik guruhda namoyon bo‘luvchi lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishda adekvat tarjima qilishga oid materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti univesitetining 2023 yil 28 fevraldagi 08/1-434-son maʻlumotnomasi). Natijada, badiiy matnlarni o‘zbek tilidan xorijiy tillarga yoki xorijiy tillardan o‘zbek tiliga  adekvat tarjima qilishda foydalanilgan;
ingliz tili sohiblarini o‘zbek tiliga o‘qitishda ingliz tili harbiy terminlarini tarjima qilish jarayonida ularning turli so‘z turkumlariga mansubliligi asosida sinxron aspektdagi leksik-semantik, strukturaviy-semantik hamda pragmatik xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan FZ-2019062034-raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023 yil 24-avgustdagi 24/1718-son maʻlumotnomasi)  Natijada sohaga oid matnlarni  harbiy terminlar vositasida kategorizatsiya orqali aniqlangan lingvostatistik mezonlarga ko‘ra tarjima qilish takomillashtirilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish