Kushmanov Jasur Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va ingliz tillarida frazeologik birliklar graduonimiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil988.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Zoxid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar graduonimiyasini tuzish tamoyillari hamda ularning farqli va o‘xshash jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi turg‘un ibora va frazeologik birliklarning ma’no ustunligi hamda emotivlik va ekspressivlikka ko‘ra semantik, ulardagi daraja jihatdan mosligi har ikki tildagi o‘xshash jihatlari hamda qo‘llanilish ko‘lamiga ko‘ra ma’no o‘zgarishidagi farqli bo‘lgan pragmatik xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning leksikografiyada izohlanishiga ko‘ra ma’no torligi va kengligining batafsil berilishi hamda ularni talqin qilishda ingliz tili frazeologik birliklar lug‘atida mukammal va to‘liq ma’lumotning berilishida ustunlik mavjudligi ochib berilgan;
leksik graduonimiya tamoyillariga asoslanib frazeologik birliklar darajalanish qatorlarini hosil qilishda ularning ekspressivlik, emotivlik hamda ishlatilish ko‘lamiga ko‘ra ma’no kuchayishi yoki pasayishini e’tiborga olish lozimligi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar graduonimiyasining semantik jihatdan o‘xshash tomonlari izomorf xususiyat va miqdor jihatdan farqlanishi allamorf xususiyat ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklar graduonimik qatorlarining o‘zaro o‘xshash hamda farqli jihatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi turg‘un ibora va frazeologik birliklarning ma’no ustunligi hamda emotivlik va ekspressivlikka ko‘ra semantik, ulardagi daraja jihatdan mosligi har ikki tildagi o‘xshash jihatlari hamda qo‘llanilish ko‘lamiga ko‘ra ma’no o‘zgarishidagi farqli bo‘lgan pragmatik xususiyatlari aniqlangan tahlillardan “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining ekspozitsiyalaridagi eksponatlarning annotatsiyalari va bukletlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021-yil 27-apreldagi 05-12-08-2159-son maʻlumotnomasi). Natijada “Ichan Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurgan sayyohlar uchun tayyorlanadigan qisqacha maʻlumotlarni ingliz tiliga o‘girishga – matnning tarjimasi ravon, stilistik bo‘yoqdorlikka eʻtibor bergan holda adekvat tarjima qilinishiga erishilgan, ayniqsa, qadimiy Xiva shahri bo‘ylab ekskursiyada gid-yoʻlboshchilik qiluvchilar uchun dissertatsiya natijalari foydali manba sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning leksikografiyada izohlanishiga ko‘ra ma’no torligi va kengligining batafsil berilishi hamda ularni talqin qilishda ingliz tili frazeologik birliklar lug‘atida mukammal va to‘liq ma’lumotning berilishida ustunlik mavjudligini aniqlash yuzasidan xulosalardan Xorazm viloyati turizm va sport boshqarmasi tomonidan Xorazm va Xiva shaxri tarixi va an’analariga doir turistik tarqatma materiallar (buklet, brashura, taqdimotlar) tarjimasida hamda Xiva “Ichan Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi tarixiy obidalari va asori atiqalari borasidagi gid tarjimonlarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021-yil 7-iyuldagi 03-17-02/3724-son maʻlumotnomasi). Natijada tarjima matnlarining asl mazmunini saqlab qolgan holda qo‘llanishiga hamda sayyohlarga to‘liq maʻlumot etkazilishiga erishilgan;
leksik graduonimiya tamoyillariga asoslanib frazeologik birliklar darajalanish qatorlarini hosil qilishda ularning ekspressivlik, emotivlik hamda ishlatilish ko‘lamiga ko‘ra ma’no kuchayishi yoki pasayishini e’tiborga olish lozimligi dalillangan natijalardan loyiha hujjatlarini tarjima qilish, loyiha hisobotlarini ingliz tilida tayyorlashda Erasmus+dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Masterrrogramme” grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2021-yil 4-fevraldagi 06-28/4-son maʻlumotnomasi). Natijada tadqiqot ishida asoslab berilgan ingliz va o‘zbek tillarida hosil qilingan frazeologik graduonimik qatorlarning semantik tahlili, ularning qo‘llanilish ko‘lamiga oid nazariy fikrlardan mavjud ingliz tili korpusidagi sinonimik va antonimik frazeologik birliklar yordamida graduonimiya hosil qilinishi mumkin bo‘lgan frazeologik birliklarni ajratib olish, yaratilajak o‘zbek tili korpusida ham shu kabi ishlarni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalari loyiha ishtirokchilari tomonidan foydalanilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar graduonimiyasining semantik jihatdan o‘xshash tomonlari izomorf xususiyat va miqdor jihatdan farqlanishi allamorf xususiyat ekanligi asoslangan misollar tahlilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug’atini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-yil 13-iyuldagi 01/4-1257-son maʻlumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug’ati”ni boyitishda yangi manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi turg‘un ibora va frazeologik birliklarning ma’no ustunligi hamda emotivlik va ekspressivlikka ko‘ra semantik, ulardagi daraja jihatdan mosligi har ikki tildagi o‘xshash jihatlari hamda qo‘llanilish ko‘lamiga ko‘ra ma’no o‘zgarishidagi farqli bo‘lgan pragmatik xususiyatlari aniqlangan amaliy tavsiyalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2021-yil 11-yanvar kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm!” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 4-fevraldagi 145-son maʻlumotnomasi). Natijada og‘zaki nutq va badiiy nutqda qo‘llaniladigan frazeologik birliklarning darajalarini hisobga olgan holda qo‘llash, ularni tarjima qilish jarayonida ekvivalentlarini tanlash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni til o‘rganuvchilarga, chog‘ishtirma tilshunoslik sohasida olib boriladigan tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha material tayyorlash va boyitishda yangi manba bo‘lib xizmat qilgan.