Madalov Navruz Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarda sinonimik va antonimik munosabatlarning ifodalanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3517.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Djabbarov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarni chog‘ishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlash, turli tizimli tillarda ularning sinonimik, antonimik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ingliz va o‘zbek tllarida tabiat hodisalari nomlari bilan yasalgan maqollarni chog‘ishtirish orqali oddiy tabiat nomlari va tabiiy ofat nomlari asosida qurilgan maqollar farqli (Ingl. A Vulcan never bluffs (tekislikda vulqon bo‘lmaydi), O‘zb. “Yomg‘ir yozda bo‘lmas, yozda bo‘lsa yomg‘ir emas” va ushbu turdagi maqollarning ikki tildagi o‘xshash March is the father of earthquakes and rains (Mart oyi zilzila va yomg‘irning otasi) maqoliga o‘zbek xalqining Xalq puflasa, bo‘ron bo‘lar, Xalq tepinsa – zilzila) jihatlari aniqlangan;
Ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarning chog‘ishtirma-semantik tadqiqi orqali ikki xalq lingvomadaniyatida o‘xshash A tree does not move unless there is wind (Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi), Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas va farqli No smoke without fire (olov bo‘lmasa tutun chiqmas), Shamol tursa, terakning boshi tebranar kabi paremalar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisasi bilan bog‘liq maqollarning sinonimiya hodisasini kuzatish asosida ularning full synonym/to‘liq sinonim, conditional synonym/ shartli sinonim kabi turlari aniqlanib, ularning o‘ziga xos vazifaviy-uslubiy xususiyatlari (Full synonym: Ingl. Every cloud has a silver lining (Har bir bulutning yomg‘irsiz kuni bor), There is no night without is day (Kunsiz tun bo‘lmas). O‘zb. Qarg‘a ketmay, qor ketmas, turna kelmay, muz ketmas; Qishning qori – yozga dori; Qor yog‘di – don yog‘di. Conditional synonym: Ingl. When it rains, it pours. O‘zb. Ayamajuz olti kun, olti oy qishdan qattiq kun) aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan ingliz va o‘zbek tillarida tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarda antonimik munosabatning ifodalanishdagi vaqt ma’nosi bilan bog‘liq tushunchalar asosida shakllanib, tabiat mazmunini ifodalaydigan maqollardagi Never put off till tomorrow what you can do today (Bugungi ishni ertaga qo‘yma), Bars yili — boylik, Quyon yili — qahatchilik o‘xshash tomonlari, qor semasi asosida shakllangan Big thunder, little rain (Katta momaqaldiroq, kichkina yomg‘ir), Qishning qori – yozga kabi maqollardagi farqli jihatlari full/to‘liq va partial/qisman antonimik turlarga ajratilib ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqotning xulosa va natijalaridan:
ingliz va o‘zbek tllarida tabiat hodisalari nomlari bilan yasalgan maqollarni chog‘ishtirib o‘rganish orqali oddiy tabiat nomlari va tabiiy ofat nomlari asosida qurilgan maqollar farqli (Ingl. A Vulcan never bluffs (tekislikda vulqon bo‘lmaydi); O‘zb. “Yomg‘ir yozda bo‘lmas, yozda bo‘lsa yomg‘ir emas” va ushbu turdagi maqollarning ikki tildagi o‘xshash March is the father of earthquakes and rains (Mart oyi zilzila va yomg‘irning otasi) maqoliga o‘zbek xalqining Xalq puflasa, bo‘ron bo‘lar, Xalq tepinsa – zilzila) jihatlari aniqlanganligiga oid mulohazalaridan Jizzax davlat pedagogika universitetida bajarilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini
boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga
tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2023-yil 22-avgust 04-870-17-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisali maqollarning semantikasi va ma’noviy hamda shakliy tahlili asosida zamonaviy chog‘ishtirma paremiologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarning chog‘ishtirma-semantik tadqiqi orqali ikki xalq lingvomadaniyatida o‘xshash A tree does not move unless there is wind (Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi), Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas va farqli No smoke without fire (olov bo‘lmasa tutun chiqmas), Shamol tursa, terakning boshi tebranar kabi paremalar aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER-Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022-yil 29-noyabrdagi 06/12-5727-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida tabiat hodisalari bilan bog‘liq maqollarni farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab, ularning xalq maqollarida namoyon bo‘lish fan dasturlarining sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat hodisasi bilan bog‘liq maqollarning sinonimiya hodisasini kuzatish asosida ularning full synonym/to‘liq sinonim, conditional synonym/ shartli sinonim kabi turlari aniqlanib, ularning o‘ziga xos vazifaviy-uslubiy xususiyatlari (Full synonym: Ingl. Every cloud has a silver lining (Har bir bulutning yomg‘irsiz kuni bor); There is no night without is day (Kunsiz tun bo‘lmas). O‘zb. Qarg‘a ketmay, qor ketmas, turna kelmay, muz ketmas; Qishning qori – yozga dori; Qor yog‘di – don yog‘di. Conditional synonym: Ingl. When it rains, it pours. O‘zb. Ayamajuz olti kun, olti oy qishdan qattiq kun) aniqlanganligiga doir fikrlardan Samarqand davlat chet tillari instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassilik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 9-yanvardagi 27/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida o‘qituvchi va til o‘rganuvchilarda kerakli kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bilimini oshirish shuningdek, tabiat leksemasini maqollarda yoritish tadqiqiga leksikografik jihatdan sinonimik va antonimik munosabatlarini ifodalanishi chog‘ishtirilayotgan tillarning leksik fondidagi paremiologik birliklar xususiyatlarini yoritish mexanizmini qo‘llash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda, Oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan Leksikologiya va tarjimaga doir fanlarning mavzu doirasini boyitish va mukammallashtirishda foydalanilgan.