Qoraev Samaridin Barakaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini ta’lim va amaliy faoliyat klasteri muhitida rivojlantirishning nazariy asoslari (kasb-hunar maktablari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped484.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov Gafurjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim va amaliy faoliyat integrativ klasterida kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim va amaliy faoliyat integrativ klasterida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy metodik jihatlari subektlar faoliyatini xususiy manfaatli boshqarishning universallik, differensiallik tamoyillarini vertikal klasterning tarmoq funksiyasiga real natijalar monitoringida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
klaster muhitida o‘quvchilarni kasbiy tayyorlashning didaktik ta’minoti subektlar o‘rtasidagi vazifalarning gorizontal kesishmada teng taqsimlanishini ta’minlovchi resurslar majmuasidan o‘zaro hisobdorlik muhitida ijobiy dinamikada foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida kasbiy tayyorgarlikning standartlashtirilganligini baholash mezonlari hamkor subektlarda axborot-uslubiy madaniyatni barqaror rivojlantiruvchi faol ish shakllariga eksperimental-motivatsion muhitda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’limiy va amaliy jihatdan kvalimetrik baholash usuli orqali moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli o‘quvchilarning ruhiy-estetik holatini barqarorlashtiruvchi o‘quv-transformatsiya usullarini amaliy o‘zlashtirishning shakllanish, joriylanish bosqichlarida pedagogik-ergonomik talablarga ko‘ra qo‘llash asosida rivojlantirilgan;
klasterli muhitda o‘quvchilarni kasbiy tayyorlash texnologiyalari tezkor qaror va tizimli tahlil kabi amaliy faoliyatning integrativ ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi imitatsiya mashqlarini assotsiativ o‘quv jarayonida davriy monitoringli qo‘llash asosida shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini ta’lim va amaliyiy faoliyat klasteri muhitida rivojlantirishning nazariy asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim va amaliy faoliyat integrativ klasterida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy metodik jihatlarini subektlar faoliyatini xususiy manfaatli boshqarishning universallik, differensiallik tamoyillarini vertikal klasterning tarmoq funksiyasiga real natijalar monitoringida kiritish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan Respublika ta’lim markazining faoliyatida umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha elektron darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 12-apreldagi 0/11-01/1-245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elektron darslik kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning metodik modelini o‘quvchilarning ruhiy-estetik holatini barqarorlashtiruvchi o‘quv-transformatsiya usullarini amaliy o‘zlashtirishning shakllanish, joriylanish bosqichlarida pedagogik-ergonomik talablarga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 15-maydagi 03-1339-1338-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur model kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
klaster muhitida o‘quvchilarni kasbiy tayyorlashning didaktik ta’minotini subektlar o‘rtasidagi vazifalarning gorizontal kesishmada teng taqsimlanishini ta’minlovchi resurslar majmuasidan o‘zaro xisobdorlik muhitida ijobiy dinamikada foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 15-maydagi 03-1339-1338-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlashga xizmat qilgan;
klasterli muhitda o‘quvchilarni kasbiy tayyorlash texnologiyalarini tezkor qaror va tizimli tahlil kabi amaliy faoliyatning integrativ ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi imitatsiya mashqlarini assotsiativ o‘quv jarayonida davriy monitoringli qo‘llash asosida, shuningdek, kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida kasbiy tayyorgarlikning rivojlangangini baholash mezonlarini hamkor subektlarda axborot-uslubiy madaniyatni barqaror rivojlantiruvchi faol ish shakllariga eksperimental motivatsion muhitda muqobil kombinatsiyada ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Respublika ta’lim markazining faoliyatida umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha elektron darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 12-apreldagi 0/11-01/1-245-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qitish texnologiyalari va baholash mezonlari o‘quvchilarni kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlashga va ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan.