Kadirov Shuxrat Munavvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Internet texnologiyalar taraqqiyotining mehnat bozori va aholi farovonligi darajasiga ta’siri», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1604.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmonov Kalandar Xodjaevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozori samaradorligini oshirish hamda internet-texnologiyalarning mehnat bozori va aholi farovonligi darajasiga ta’sirini yuksaltirsh bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot va mehnat resurslarini transformatsiyalashga ko‘ra istiqbolli «raqamli» startaplarni rivojlantirish tadbirini ro‘yxatga kiritishga ko‘ra masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish (IT-autsorsing) asosida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga investisiyaviy jozibadorlikni oshirish asoslangan;
raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya sohasi xodimlari mahnatini reytinggiga ko‘ra belgilangan muddatlarda uzluksiz baholash asosida rag‘batlantirish, shunga ko‘ra inson kapitalini qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mehnat faoliyati jarayonidagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi parametrlariga ko‘ra raqamli mehnat infratuzilmasi takomillashtirilgan holda taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining mehnat bozoriga va aholi farovonligi darajasiga sifat jihatidan ta’sirini oshirish asoslangan “raqamli platforma” ishlab chiqilgan;
aholining internet texnologiyalar taraqqiyotiga ehtiyoji oshib borishi sharoitida mehnat bozori va aholi farovonligi darajasiga proporsionalligining                                           2023-2030 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internet-texnologiyalardan foydalanish va uning mehnat bozori hamda IT-sohada faoliyat yuritadigan aholi farovonligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
raqamli iqtisodiyot va mehnat resurslarini transformatsiyalashga ko‘ra istiqbolli «raqamli» startaplarni rivojlantirish tadbirini ro‘yxatga kiritishga ko‘ra masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish (IT-autsorsing) asosida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga investisiyaviy jozibadorlikni oshirish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2-bob, 2.4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 22-8/3578-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga investisiyaviy jozibadorlikni oshirishning iqtisodiy-huquqiy asosini takomillashtirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya sohasi xodimlari mahnatini reytinggiga ko‘ra belgilangan muddatlarda uzluksiz baholash asosida rag‘batlantirish, shuga ko‘ra inson kapitalini qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “«Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 22-8/3578-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar raqamlashtirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlariga erishilganligi hamda axborot texnologiyalari va elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalari yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladigan xulosa rahbarlar va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga ustamani to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
mehnat faoliyati jarayonidagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi parametrlariga ko‘ra raqamli mehnat infratuzilmasi takomillashtirilgan holda taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining mehnat bozoriga va aholi farovonligi darajasiga sifat jihatidan ta’sirini oshirish asoslangan “raqamli platforma” bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni etkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 8 maydagi 01/00-00/26-112-son ma’lumotnomasi). Takliflar natijasida xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni to‘lash, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi hisobini yuritish va tahlil qilishda qo‘llanilishiga imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
aholining internet texnologiyalar taraqqiyotiga ehtiyoji oshib borishi sharoitida mehnat bozori va aholi farovonligi darajasiga proporsionalligi prognozi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 maydagi PQ-4329-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 22-8/3578-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’ektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytirilishiga asos bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzil-malarni beg‘araz asosda taqdim etish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish