Nazarova Barno O‘sarbayovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ichki turizm xizmatlari bozorida turistik korxonalar faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13.-Menejment, 08.00.17-Turizm va mexmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1936
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasolik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki turizm xizmatlari bozorida turistik korxonalar faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ichki turizm boshqaruvi asosiy quyi tizimlari va funksiyalarining tasnifiy modeli turistik mahsulotni yaratish, turistik mahsulotlarni taqsimlash va sotish, ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi hamda moliyaviy oqimlarni prognoz qilish va rejalashtirishning quyi tizimlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
Hududiy tafovut koeffisientiga joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, moliyaviy ko‘rsatkichlar, xizmatlarning o‘rtacha iste’mol narxlari, korxonalardagi bandlik ko‘rsatkichlari hamda ichki turizm resurslari ko‘rsatkichlarini kiritish orqali hududdagi ichki turizm faoliyatining riskka moyillik darajasini baholash asoslangan;
“Andijonturist” MChJ, “Toj mahal” MChJ va «Dolores Travel Services» MChJda ko‘rsatilgan ichki turizm xizmatlari hajmining o‘zgarishiga xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni, boshqaruv xarajatlari hamda faoliyatga chetdan jalb qilingan mablag‘lar hajmi kabi omillar ta’sirini ifodalovchi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosida 2022-2026 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
Pandemiya sharoitida ichki turizmni ustuvor rivojlantiruvchi hududlarni aniqlash matrisasi asosida soha faoliyatini rag‘batlantirish orqali turistik faoliyatning ehtimoliy (tez tiklanish, sekin tiklanish, bosqichma-bosqich tiklanish, tarkibiy o‘zgarishlar orqali tiklanish va ikki marta pasayish) ssenariylari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki turizm xizmatlari bozorida turistik korxonalar faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ichki turizm boshqaruvi asosiy quyi tizimlari va funksiyalarining tasnifiy modeli turistik mahsulotni yaratish, turistik mahsulotlarni taqsimlash va sotish, ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi hamda moliyaviy oqimlarni prognoz qilish va rejalashtirishning quyi tizimlarini hisobga olgan holda takomillashtirilish bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”dagi 35-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish choratadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi 2023 yil 22-avgust 02-12-15181-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tuzilmalarida boshqaruv jarayonlardagi kompitensiyalarning optimal taqsimlanishi bilan boshqaruv samaradorligi 7,8%ga oshirilgan;
Hududiy tafovut koeffisientiga joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, moliyaviy ko‘rsatkichlar, xizmatlarning o‘rtacha iste’mol narxlari, korxonalardagi bandlik ko‘rsatkichlari hamda ichki turizm resurslari ko‘rsatkichlarini kiritish orqali hududdagi ichki turizm faoliyatining riskka moyillik darajasini baholash bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 2-ilova sifatida tasdiqlangan 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi 2023 yil 22-avgust 02-12-15181-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda risklarni baholash aniqligi 12-14% ga ortgan;
“Andijonturist” MChJ, “Toj mahal” MChJ va «Dolores Travel Services» MChJda ko‘rsatilgan ichki turizm xizmatlari hajmining o‘zgarishiga xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni, boshqaruv xarajatlari hamda faoliyatga chetdan jalb qilingan mablag‘lar hajmi kabi omillar ta’sirini ifodalovchi uzoq muddatli o‘zgarish qonuniyatlari asosida 2022-2026 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorning 11-bandida belgilangan maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi 2023 yil 22-avgust 02-12-15181-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyati tahlil qilingan har uchala korxonada ko‘p omilli bog‘lanishlar asosidagi tahlillar negizida ko‘rsatilgan ichki turizm xizmatlari hajmini hamda korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish, raqobat ustunligidan foydalangan holda korxonalarni rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish aniqligi 8-12% ga ortgan;
Pandemiya sharoitida ichki turizmni ustuvor rivojlantiruvchi hududlarni aniqlash matrisasi asosida soha faoliyatini rag‘batlantirish orqali turistik faoliyatning ehtimoliy (tez tiklanish, sekin tiklanish, bosqichma-bosqich tiklanish, tarkibiy o‘zgarishlar orqali tiklanish va ikki marta pasayish) ssenariylarini asoslash bo‘yicha ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 2-ilova sifatida tasdiqlangan 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasi 2023 yil 22-avgust 02-12-15181-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida kirish turizmi sohasidagi yo‘qotishlarni ichki turizm faoliyatini rivojlantirish orqali qoplash, shu bilan birga turizm sohasining rivojlantirish trendlarini tiklash yo‘nalishidagi strategiyalar ishlab chiqilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish