Shodiev Akbar Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlari buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil etish masalalari», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2.PhD/Iqt2246
Ilmiy rahbar: Raximova Go‘zalbegim Muradovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdug‘affor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Abdunabi Xaliqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti
     Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kichik biznes sub’ektlari buxgalteriya hisobini  moliyaviy hisobotning xalqaro standarti asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlari muassislari tomonidan ustav kapitalini ko‘paytirish maqsadida kiritgan hissalari bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish uchun 6630-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning uzoq muddatli aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari», 6640-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning joriy aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» va 6650-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» nomli ishchi schyotlarni kiritish taklifi asoslangan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro standart tamoyillariga ko‘ra unifikatsiya qilish orqali moliyaviy hisobot shakllarini soddalashtirish, ulardagi moddalar sonini qisqartirish hamda xalqaro hisobot shakllariga konvergensiyalash taklifi asoslangan;
xalqaro standart tamoyillariga ko‘ra “moliyaviy holat to‘g‘risidagi” hisobot shakliga o‘tishning transformatsiya bosqichlari aniqlangan holda tushuntirish va tuzatishlar sabablarini o‘zida aks ettirgan “transformatsion tuzatishlar reestri”ning tarkibiy tuzilishi taklif etilgan;
ta’sischilarining ustav kapitaliga bo‘lgan qarzlarini hisobga olish uchun 4611-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha uzoq muddatli aktivlar ko‘rinishidagi qarzlari”, 4612-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli aktivlar ko‘rinishidagi qarzlari”, 4613-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha pul mablag‘lari va  ularning ekvivalentlari ko‘rinishidagi qarzlari” nomli ishchi schyotlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlari buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
kichik biznes sub’ektlari muassislari tomonidan ustav kapitalini ko‘paytirish maqsadida kiritgan hissalari bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish uchun 6630-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning uzoq muddatli aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari», 6640-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning joriy aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» va 6650-«Ustav kapitalini ko‘paytirish bo‘yicha muassislarning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» nomli sintetik schyotlarni kiritish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo kichik biznes sub’ektlari hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 martdagi 11/03-15-2422-son ma’lumotnomasi). Natijada, muassislarning ustav kapitalini oshirish bo‘yicha qo‘shgan hissalarini mablag‘lar turlari bo‘yicha hisobga olinishi xorijiy sarmoyadorlar, moliyaviy tashkilotlar va qiziquvchilar manfaatlari uchun kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga doir aniq, shaffof, tushunarli va xaqqoniy ma’lumotlar etkazib berilishi ta’minlanib, «Hotel Sultan Group» MChJ faoliyatida 6630-«Muassislarning ustav kapitalini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» hisobvarag‘i bo‘yicha 2,1 mlrd. so‘m miqdorida uzoq muddatli aktivlar, 6640-«Muassislarning ustav kapitalini oshirish bo‘yicha joriy aktivlar ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» hisobvarag‘i bo‘yicha 3,5 mlrd. so‘m miqdorida joriy aktivlar, 6650-«Muassislarning ustav kapitalini oshirish bo‘yicha pul mablag‘lari va ekvivalentlari ko‘rinishida kiritilgan ulushlari» hisobvarag‘i bo‘yicha 50,0 mln. so‘m miqdorida naqd pul mablag‘lari ko‘rinishida ulushlar kiritilishi hamda ustav kapitalini 2022 yilda 6,1 mlrd. so‘mga oshirilishiga erishilgan;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro standart tamoyillariga ko‘ra unifikatsiya qilish orqali moliyaviy hisobot shakllarini soddalashtirish, ulardagi moddalar sonini qisqartirish hamda xalqaro hisobot shakllariga konvergensiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-364-son «Tadbirkorlar bilan 2022 yildagi «ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 06/17-03-35/276-son ma’lumotnomasi, hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 martdagi 11/03-15-2422-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 17 noyabrdagi 04-18/6773-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kichik biznes sub’ektlari uchun amalda bo‘lgan milliy standart talabiga ko‘ra mavjud bo‘lmagan «Moliyaviy holat to‘g‘risida», «Yalpi daromad to‘g‘risida», «Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida», «Xususiy kapital to‘g‘risida»gi moliyaviy hisobot shakllari yaratilib, kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga doir aniq, shaffof, tushunarli va xaqqoniy ma’lumotlar etkazib berilishi, shuningdek, milliy standartlarni moliyaviy hisobot xalqaro standartlari tamoyillariga konvergensiyalash va legalizatsiyalash imkonini yaratgan;
xalqaro standart tamoyillariga ko‘ra “moliyaviy holat to‘g‘risidagi” hisobot shakliga o‘tishning transformatsiya bosqichlari aniqlangan holda tushuntirish va tuzatishlar sabablarini o‘zida aks ettirgan “transformatsion tuzatishlar resstri”ni tuzish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 06/17-03-35/276-son hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 martdagi 11/03-15-2422-son ma’lumotnomalari). Natijada, kichik biznes sub’ektlarining xalqaro standartlarga o‘tish bilan bog‘liq xarajatlari qisqarishiga, kichik biznes sub’ektlarining yirik sub’ektlar safiga o‘tishida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmasligiga erishilgan;
ta’sischilarining ustav kapitaliga bo‘lgan qarzlarini hisobga olish uchun 4611-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha uzoq muddatli aktivlar ko‘rinishidagi qarzlari”, 4612-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli aktivlar ko‘rinishidagi qarzlari”, 4613-“Ta’sischilarning ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha pul mablag‘lari va  ularning ekvivalentlari ko‘rinishidagi qarzlari” nomli ishchi schyotlarini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 06/17-03-35/276-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hotel Sultan Group” MChJning moliyaviy hisobotlari xalqaro standart tamoyillari bo‘yicha ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish