Soxibova Zarnigorxon Mutalibjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Na va Cs atomlari bilan legirlangan granulalangan kremniyning termoelektrik xossalari”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 17.06.2023. №105.
Ilmiy rahbar: Zaynabidinov Sirojidin, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Andijon mashinasozlik instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sultanov Nomonjon Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: T≈300-700 K temperatura oraliqlarida granulalangan kremniyning termoelektrik hamda elektrofizik xossalariga Na va Cs kirishmalarining ta’sirini kompleks o‘rganish va zaryad ko‘chirilish jarayonlarini granulalar o‘lchami va tuzilishiga bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- temperaturalar farqiga mos holda kristallografik buzilishlar granula hajmidan sirtga tomon ortib borib, ikki tutashgan chegara sohada reaksiyalanish qobiliyati yuqori bo‘lgan SiO2 dan iborat atomar sirt hosil qilishi, temperatura ortishi bilan ishqoriy metall atomlarining desorblanishi va buning hisobiga sirtda kirishmali holatlar hosil bo‘lishi asoslangan;
o‘lchamlari 400 nm - 60 mkm bo‘lgan, Na va Cs atomlari bilan legirlangan kremniy granulalarini ikkita bir jinsli kontaktlar bilan mexanik siqib qizdirilganda, namunadagi qizdirish temperaturasi va uning gradientiga bog‘liq holda elektr yurituvchi kuch va tok oqimi hosil bo‘lishi aniqlangan;
tarkibiga ishqoriy metall atomlari kiritilgan namunalarda issiqlik o‘tkazuvchanlikning temperaturaga bog‘liqligi o‘rganilib, 300 – 350 K harorat oralig‘ida issiqlik o‘tkazuvchanlik  Na kiritilgan namuna uchun 11,81 Vt/m·K, Cs kiritilgan namuna uchun 10,69 Vt/m·K qiymatga ega bo‘lib, bu monokristall kremniy issiqlik o‘tkazuvchanligidan 12-14 marta kichik bo‘lishligi asoslangan;
granulalangan kremniyning Zeebek kattaligi 300-500 K temperatura oralig‘ida Cs kiritilgan namunalarda 470-510 mkV/K, Na kiritilgan namunalarda esa 370-430 mkV/K ekanligi, bu esa monokristall kremniyning Zeebek koeffisientidan 8-10 marta kattaligi, shuningdek boshqa termoelektrik materiallardan farqli ravishda Zeebek koeffisientini haroratga deyarli bog‘liq emasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Granulalangan kremniyning elektrofizik va termoelektrik xossalariga ishqoriy metall atomlarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kukun texnologiyasi asosida granulalangan kremniy namunalari olish, tozalash, ularni o‘lchami va mikrostrukturasini aniqlash, Cs va Na ishqoriy metall atomlari kiritilgan granulalangan kremniyning elektrofizik va termoelektrik xususiyatlarini kompleks baholash hamda termoelektrik material sifatida qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy natijalardan «FOTON» AJda ishlab chiqariladigan yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar tayyorlashda foydalanilgan. (“Uzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2022-yil 18-martdagi №04-3/455 raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni qo‘llash, Na va Cs atomlari kiritilgan granulalangan kremniydan turli temperaturalarda ishlashga mo‘ljallangan issiqlik energiyasi o‘zgartirgichlari tayyorlashda asos sifatida foydalanish imkoniyatlarini oshirgan. Namunalarning elektrofizik parametrlari respublikamizda va butun jahonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnik asboblar parametrlari darajasida ekanligi ko‘rsatilgan;
ishqoriy metall atomlarini granulalangan kremniyning elektrofizik hamda termoelektrik xususiyatlariga ta’sirini temperatura o‘zgarishi jarayoniga tadqiq etish uslubidan Andijon davlat universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan “I 2017-7-7 - "Mahalliy homashyodan abraziv karbid kremniy olish texnologiyasini o‘zlashtirish va joriy etish" mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 31-dekabr №89-03-5632 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash temperatura ortishi jarayonida ishqoriy metall atomlarining kremniy granulalari ikki tutashgan chegara sohasi tomon desorblanishi va temperatura kamayishi bilan qayta adsorblanishi natijasida solishtirma qarshilikni 5-8 martagacha kamayishiga hamda ishqoriy metall atomlari kiritilgan namunalarda qisqa tutashuv tokini 30 martagacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish