Tuychiev Ashurali Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirish texnologiyasi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4031.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geymifikatsiya vositasida jismoniy va ijtimoiy o‘yinlarning integratsiyalashuv jarayonlarining tipologik tuzilmasi elementlari (turlar, ko‘rsatkichlar, algoritmik bosqichlar) mazmunini o‘yin guruhlari (kasbiy, rolli, vaziyatli, imitatsion) didaktik imkoniyatlarini (variativlik, musobaqaviylik va natijaviylik) pedagogik maqsadlar tadbiqiga yo‘naltiriish bilan idientiv uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim oluvchilarni noan’anaviy tarzda musobaqali, rolli va ishbilarmonlik kabi didaktik o‘yinlar yordamida o‘qishga jalb qilish, ularda intizomli munosabat tajribasini shakllantirish jarayoni o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan integrativ funksiyalarini klassifikatsiyalash, immitatsion modellashtirish va loyihalashtirish samaradorligi asoslangan;
o‘quvchilarning o‘yinlar vositasida intizomli munosabatni shakllantirish texnologiyasi o‘qituvchining faoliyat funksiyalarini (instruktorlik, kuzatuvchilik, qo‘llab-quvvatlovchilik, boshqaruvchilik) belgilash asosida tayanch kompetensiyalarga rolli o‘yinlarning didaktik ta’sirini baholash mezoni kommunikativ yondashuvga asoslangan variativ, integrativ va kooperativ tamoyillarning ustuvorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda intizomli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik mazmuni geymifikatsiyaning pedagogik xususiyatlariga (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) didaktik tasnifiy tuzilmani (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) konstruktiv-prognostik topshiriqlar, dialogli ssenariylar va korreksion-regulyativ vazifalar bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
geymifikatsiya vositasida jismoniy va ijtimoiy o‘yinlarning integratsiyalashuv jarayonlarining tipologik tuzilmasi elementlari (turlar, ko‘rsatkichlar, algoritmik bosqichlar) mazmunini o‘yin guruhlari (kasbiy, rolli, vaziyatli, imitatsion) didaktik imkoniyatlarini (variativlik, musobaqaviylik va natijaviylik) pedagogik maqsadlar tadbiqiga yo‘naltiriish bilan idientiv uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan Respublika ta’lim markazi va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda har bir bola uchun sifatli ta’limni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar”ni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 8-iyundagi 01/11-02/2-482-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
ta’lim oluvchilarni noan’anaviy tarzda musobaqali, rolli va ishbilarmonlik kabi didaktik o‘yinlar yordamida o‘qishga jalb qilish, ularda intizomli munosabat tajribasini shakllantirish jarayoni o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan integrativ funksiyalarini klassifikatsiyalash, immitatsion modellashtirish va loyihalashtirish samaradorligini asoslashgaga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan 2021-2022-yillar davomida O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan I-OT-2021-302 sonli “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron palatformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 6-iyundagi 04/11-3456-son dalolatnmasi). Natijada, o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘yinlar vositasida intizomli munosabatni shakllantirish texnologiyasini o‘qituvchining faoliyat funksiyalarini (instruktorlik, kuzatuvchilik, qo‘llab-quvvatlovchilik, boshqaruvchilik) belgilash asosida tayanch kompetensiyalarga rolli o‘yinlarning didaktik ta’sirini baholash mezonini kommunikativ yondashuvga asoslangan variativ, integrativ va kooperativ tamoyillarning ustuvorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga dior tavsiya va yangiliklardan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida 2020 yilda nashr etilgan “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmi” nomli monografiyaning “Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va pedagogik yo‘nalishlari” nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 8-iyundagi 01-2508-son dalolatnomasi). Natijada, o‘yinlar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirishga tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalar takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda intizomli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik mazmunini geymifikatsiyaning pedagogik xususiyatlariga (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) didaktik tasnifiy tuzilmani (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) konstruktiv-prognostik topshiriqlar, dialogli ssenariylar va korreksion-regulyativ vazifalar bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 15-maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 125-son buyrug‘i vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 8-iyundagi 01/11-02/2-482-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda intizomli munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik hamda psixologik yo‘nalishlarini aniqlashga sharoit yaratgan.