Kasimova Xulkar Ataboevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nogironligi bo‘lgan talabalarda namoyon bo‘ladigan sub’ektiv farovonlikning psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P536.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixolgiya fanlari doktori, professor; Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nogironligi bo‘lgan talabalarda namoyon bo‘ladigan subektiv farovonlikning psixologik xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogironligi bo‘lgan talabalarda subektiv holatning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxsning hayot tarzidan qoniqish darajasiga qarab hayot mazmuni bilan bog‘liq qadriyatlarning ijtimoiy rakursdagi transformasiyasi tufayli ularda hissiy, ekzistensial, ijtimoiy-me’yoriy farovonlikning ustuvor ekanligi dalillangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning subektiv farovonlikka erishishi uchun shaxsning hayotdan qoniqish darajasini oshirish, o‘z-o‘ziga ishonch va o‘ziga adekvat baho berishni shakllantirish, ulardagi xavotirlanish darajasini hayotiy zo‘riqishlarga bog‘liq ravishda kamaytirish orqali kognitiv, emosional va xulq-atvor sohalariga kompleks ta’sir etish muhimligi asoslangan;
talabalarda xavotirlanish darajasini namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra ijtimoiy, intellektual, hissiy, motivasion-irodaviy sohani rivojlanishidagi integrativ jihatlarni shaxs farovonligiga intensiv ta’siri tufayli nogironligi bor talabalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemosional jihatdan ustuvor ekanligi dalillangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning subektiv faravonlik darajasini shakllantirishda ulardagi hissiy, ekzistensial, ego, gedonistik, ijtimoiy-me’yoriy farovonlik va hayotdan qoniqish darajasini oshirish orqali xavotirlanish holatiga korresion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli shaxs hissiy-motivasion soahani barqarorlashtirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nogironligi bo‘lgan talabalarda namoyon bo‘ladigan subektiv farovonlikning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
nogironligi bo‘lgan talabalarda subektiv holatning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxsning hayot tarzidan qoniqish darajasiga qarab hayot mazmuni bilan bog‘liq qadriyatlaming ijtimoiy rakursdagi transformasiyasi tufayli ularda hissiy, ekzistensial, ijtimoiy-me’yoriy farovonlikning ustuvor ekanligi dalillangan dalillanganligi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-50 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-50a-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan talabalarda hayot tarzidan qoniqish darajasi bilan bog‘iq bolgan hissiy, ekzistensial, ijtimoiy-me’yoriy farovonlikning ustuvorligini o‘rganish va tavsiflash imkoniyati yaratilgan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning subektiv farovonlikka erishishi uchun shaxsning hayotdan qoniqish darajasini oshirish, o‘z-o‘ziga ishonch va o‘ziga adekvat baho berishni shakllantirish, ulardagi xavotirlanish darajasini hayotiy zo‘riqishlarga bog‘iq ravishda kamaytirish orqali kognitiv, emosional va xulq-atvor sohalariga kompleks ta’sir etish muhimligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-50 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-50a-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan talabalarning subektiv farovonlikka erishishi uchun kognitiv, emosional va xulq-atvor sohalariga kompleks ta’sir etish muhimligi ilmiy tadqiq etilgan;
talabalarda xavotirlanish darajasini namoyon bo‘ishidagi differensial farqlaming mavjudligiga ko‘ra ijtimoiy, intellektual, hissiy, motivasion-irodaviy sohani rivojlanishidagi integrativ jihatlarni shaxs farovonligiga intensiv ta’siri tufayli nogironligi bor talabalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemosional jihatdan ustuvor ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-50 sonli buyrug‘i bilan “Korreksiona psixologiya. Psixologik maslahat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-50a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi psixologik stress holatining o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan. Natiajada talabalarda xavotirlanish darajasini namoyon bo‘lishidagi differensial farqlami shaxs farovonligiga ta’sirini tadqiq qilish nogironligi bor talabalarda vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning psixoemosional jihatdan ustuvor ekanligi asoslangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning subektiv faravonlik darajasini shakllantirishda ulardagi hissiy, ekzistensial, ego, gedonistik, ijtimoiy-me’yoriy farovonlik va hayotdan qoniqish darajasini oshirish orqali xavotirlanish holatiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli shaxs hissiy-motivasion soahani barqarorlashtirish zarurligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-50 sonli buyrug‘i bilan “Korreksiona psixologiya. Psixologik maslahat” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-50a-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironligi bo‘lgan talabalarda hissiy, ekzistensial, ego, gedonistik, ijtimoiy-me’yoriy farovonlik komponentlari va hayotdan qoniqish darajasini oshirishga ijobiy ta’sir qiladigan psixokorretsion dastumi qo‘llash orqali ularda hissiy-motivasion soahani barqarorlashtirish imkoniyati yaratilgan.