Ernazarova Rano Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  «Talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2.PhD/P.293.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ismoilova Nurjaxon Zuxuriddinovna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar o‘quv faoliyatida psixologik stress holati paydo bo‘lishi omillarini va stress holatining o‘zgarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi yangi muhitga moslashish, katta o‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolarning yuqori darajada ta’sir etishi tufayli stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
talaba shaxsiga o‘quv faoliyatidagi kognitiv, ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, hissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo‘lishi holatini kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishi asoslangan;
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi stressga chidamlilik, muammoni echish, muammoni konstruktiv baholash va o‘z vaqtida ratsional hal eta olish hamda yuqori tanqidiy tafakkur xususiyatarini yoshga oid differensial shakllanishi tufayli koping sifatlarning barqaror ravishda rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment, ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalardagi psixologik stress holatining o‘zgarish dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot  natijalari asosida:
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi yangi muhitga moslashish, katta o‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolarning yuqori darajada ta’sir etishi tufayli stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez  psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi stress holatini diagnostika qilish usullari borasida asosiy omillar yuqori darajada ta’sir etishini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talaba shaxsiga o‘quv faoliyatidagi kognitiv, ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, hissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo‘lishi holatini kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba shaxsiga o‘quv faoliyatidagi kognitiv ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, xissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqatchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo‘lish holatining kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishiga oid uslubiy ma’lumotlar takomillashtirilgan;
 talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi stressga chidamlilik, muammoni echish, muammoni konstruktiv baholash va o‘z vaqtida ratsional hal eta olish hamda yuqori tanqidiy tafakkur xususiyatarini yoshga oid differensial shakllanishi tufayli koping sifatlarning barqaror ravishda rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi psixologik stress holatining o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment, ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug‘i bilan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a- son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish usullari yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish