Axmedov Shamshod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik jixatlari va total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirish», 14.00.02 –Morfologiya, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdulaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Novikov Konstantin Igorevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik va morfometrik jihatlarini o‘rganish hamda total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chanoq-son bo‘g‘imining II-III darajali displastik koksartrozida son suyagi boshchasidagi morfologik o‘zgarishlar, kasallik darajasi, bemor yoshi va jinsini xisobga olish asoslangan;
chanoq-son bo‘g‘imi II-III darajali displastik koksartrozda bo‘g‘im kapsulasining orqa devorining morfostruktur o‘zgarishlari aniqlangan;
II-III darajali displastik kokartrozda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyotida bo‘g‘im kapsulasining orqa devorini kapsulotomiya usulidan foydalanish endoprotez boshining erta chiqib ketishi xavfini va og‘riqli sindromni kamaytirishi mumkinligini isbotlangan;
II-III darajali displastik kokartrozda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyotida bo‘g‘im kapsulasining orqa devorini kapsulotomiya usulidan foydalanish og‘riqli sindromni kamaytirishi mumkinligini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 11 iyul`dagi №23-Z/048 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: II-III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarda endoprotezlashni operatsiyadan oldin rejalashtirish bosqichida bo‘g‘imni tashkil etuvchi qismlar morfologik xususiyatini xisobga olib taxlil qilish operatsiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.04.2023 y.; №4/1), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tekshirish markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (12.03.2023 y.; №7/1), hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.05.2023 y.; № 12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: II-III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarda endoprotezlashni operatsiyadan oldin rejalashtirish bosqichida bo‘g‘imni tashkil etuvchi qismlar morfologik xususiyatini xisobga olib taxlil qilish, bemorlarni davolash amaliyotida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va og‘riq sindromini kamaytirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 230 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) ilk bor chanoq-son bo‘g‘imining II-III darajali displastik koksartrozida son suyagi boshchasidagi o‘rganilgan morfologik o‘zgarishlar, kasallik darajasi, bemor yoshi va jinsini xisobga olgan xolda o‘rganish bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan. Xulosa: II-III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarda endoprotezlashni operatsiyadan oldin rejalashtirish bosqichida bo‘g‘imni tashkil etuvchi qismlar morfologik xususiyatini xisobga olib taxlil qilishning bemorlarni davolash amaliyotiga joriy etilishi kompleks jarrohlik usulida davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik jixatlari va total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 16 martdagi 04/1627-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: morfologik asoslangan kapsulotomiya usuli ishlatilgan bemorlarda endoprotez boshchasining erta chiqib ketishi olinadi va og‘riqli sindromni kamaytiradi, bu qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari va prognozlarini tekshirish va II- III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik jihatlarini optimallashtirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.04.2023 y.; №4/1), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tekshirish markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (12.03.2023 y.; №7/1), hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.05.2023 y.; № 12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morfologik asoslangan kapsulotomiya usuli ishlatilgan bemorlarda endoprotez boshchasining erta chiqib ketishi olinishi va og‘riqli sindromni kamaytirishi qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari va prognozlarini tekshirish va II- III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik jihatlarini optimallashtirishga, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk marta chanoq-son bo‘g‘imi II-III darajali displastik koksartrozi, bo‘g‘im kapsulasining orqa devorining morfostruktur o‘zgarishlarini baholash natijalariga yondashib jarrohlik davolashning taktik jihatlarini optimallashtirish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 540 000 so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: morfologik asoslangan kapsulotomiya usuli ishlatilgan bemorlarda endoprotez boshchasining erta chiqib ketishi olinishi va og‘riqli sindromni kamaytirishi qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari va prognozlarini tekshirish va II- III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik jihatlarini optimallashtirishga, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik jixatlari va total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 16 martdagi 04/1627-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan uslubning ishonarliligi sinovlarning sezgirligi va spesifikligi usullari bilan isbotlangan, bo‘g‘im kapsulasining orqa devorini kaspsulotomiya usulidan foydalanish endoprotez boshchasining erta chiqib ketish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.04.2023 y.; №4/1), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tekshirish markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (12.03.2023 y.; №7/1), hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.05.2023 y.; № 12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: II-III darajali displastik koartrozda chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotida bo‘g‘im kapsulasining orqa devorini kaspsulotomiya usulidan foydalanish endoprotez boshchasining erta chiqib ketish xavfini oldini olish orqali ijtimoiy samaradorlikga erishish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morfologik asoslangan kapsulotomiya usuli ishlatilgan bemorlarda endoprotez boshchasining erta chiqib ketishi olinadi hamda operativ davolashning qoniqarsiz natijalarini keskin kamaytirish imkoni berib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Orqa kapsulaning total rezeksiyasini va chanoq-son bo‘g‘imining rezeksiya qilingan kapsulasi qirralarini koagulyatsiya qilish, son suyagi bo‘yinining chiqib ketishi va osteotomiyadan so‘ng, son suyagini 2-3 sm ga tushirishga imkon berib, mazkur usuldan foydalanish II-III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik jixatlari va total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 14 apreldagi 04/2268-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: II-III darajali displastik koartrozda chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash amaliyotida bo‘g‘im kapsulasining orqa devorini kaspsulotomiya usulidan foydalanish endoprotez boshchasining erta chiqib ketish xavfini va og‘riqli sindromni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ftiziatriya va pul`monologiya tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (11.04.2023 y.; №4/1), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tekshirish markazi Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (12.03.2023 y.; №7/1), hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (17.05.2023 y.; № 12) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga yondashib o‘tkazilgan tahlillar tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlarini asoslab berib, davolash jarayonida rivojlanish ehtimoli bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkoniyatini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morfologik asoslangan kapsulotomiya usuli ishlatilgan bemorlarda endoprotez boshchasining erta chiqib ketishi olinadi va og‘riqli sindromni kamaytiradi, bu qoniqarsiz natijalarning asosiy sabablari va prognozlarini tekshirish va II- III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik jihatlarini optimallashtirishga imkon beradi, davolash usullarining natijalari, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda endoprotez boshining erta chiqib ketishining oldini olishi va kamaytirishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Orqa kapsulaning total rezeksiyasini va chanoq-son bo‘g‘imining rezeksiya qilingan kapsulasi qirralarini koagulyasiya qilish, son suyagi bo‘yinining chiqib ketishi va osteotomiyadan so‘ng, son suyagini 2-3 sm ga tushirishga imkon berib, to‘liq ichki rotatsiyani ta’minlaydi, operatsiyadan keyingi davrda erkin holat va endoprotez boshining erta dislokatsiyasini oldini olib, bemorlarni erta faollashtirish va reabilitatsiya qilish bilan displastik koksartrozni jarrohlik davolash samaradorligini oshirgan. Mazkur usuldan foydalanish II-III darajali displastik koksartroz bilan og‘rigan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 420 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «II-III darajali displastik koksartrozda chanoq-son bo‘g‘imining morfologik jixatlari va total endoprotezlash usulini klinik optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 16 martdagi 04/1627-son xat yuborilgan.