Baydjanova Iroda Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy jamiyatda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3816.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor; Mavlanova Saidaxon Umarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy jamiyatda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari yoshlar ongiga ta’sir etishning o‘zaro hurmat, tinglash va tushunish kabi qoidalarini subektlarning hamkorlik faoliyati mazmuniga refleksiv munosabatda singdirish asosida aniqlashtirilgan;
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirish modeli axborot bilan ishlash, tezkor qaror qabul qilish kabi zamonaviy jamiyat ko‘nikmalarini ota-onalar va o‘qituvchilarda rivojlantiruvchi pedagogik yordam usullarini egosentrizm va individualizmga qarshi kurashning strategik kontekstida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirish mexanizmlari yoshlarda ma’naviy-axloqiy immunitetni hosil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik diagnostika instrumentlarini oilaviy muhitning ijtimoiy monitoringgida differensiallikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirishning didaktik ta’minoti o‘zbek xalqi urf-odatlari, milliy marosimlari, anʼana va bayramlarining pedagogik imkoniyatlaridan oila va maktab hamkorligini amaliy ta’minlashda integrativ foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy jamiyatda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari yoshlar ongiga ta’sir etishning o‘zaro hurmat, tinglash va tushunish kabi qoidalarini subektlarning hamkorlik faoliyati mazmuniga refleksiv munosabatda singdirishga oid takliflari 2012–2014 yillarda T.N.Qoriniyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 26 yanvardagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy oilada farzand tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik va psixologik shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi tajribalar tanqidiy tahlil qilingan;
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirish modeli axborot bilan ishlash, tezkor qaror qabul qilish kabi zamonaviy jamiyat ko‘nikmalarini ota-onalar va o‘qituvchilarda rivojlantiruvchi pedagogik yordam usullarini egosentrizm va individualizmga qarshi kurashning strategik kontekstida qo‘llash bo‘yicha takliflar 2017-2020 yillarda T.N.Qoriniyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan  F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq  tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 26 yanvardagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida ota-onaning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning pedagogik va psixologik mexanizmlari asoslab berilgan.
ota-onalarning oilada farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy mas’uliyatini oshirish mexanizmlari yoshlarda ma’naviy-axloqiy immunitetni hosil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik diagnostika instrumentlarini oilaviy muhitning ijtimoiy monitoringgida differensiallikda qo‘llash bo‘yicha takliflar “Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-sonli buyrugʼi asosida 68-741-son raqam bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Natijada ota-onalarning yoshlar tarbiyasidagi pedagogik madaniyatini yuksaltirishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish