Xamraeva Dilnoza Razzakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda funksional qabziyat shakllanishining immun- genetik jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2334.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Tuzankina Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya medisina instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda funksional qabziyatning shakllanishida immun-genetik xususiyatlarni inobatga olib tashxislash va davolash usullariga yangicha yondashuv orqali diagnostik mezonlarni va kasallik natijalarini prognozini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anemiya maktabda, bolalar bog‘chasida “qulay sharoitlar” yo‘qligi “tuvakdan qo‘rqish” tufayli defekatsiya qilish istagini bostirish, vegetativ qon tomir distoniyasi bolalarda funksional ich qotishining shakllanishi va kechishida bashoratchi omillar ekanligi isbotlangan;
IL-6 C174G geni GG genotipi va G alleli bilan funksional qabziyatda musbat bog‘liqlik aniqlangan, bunda GG polimorfizmi mutant genotipiga ega IL-6 ning S174 G geni bo‘lgan shaxslarda qabziyat rivojlanish xavfi 49:1 dan yuqori ekanligi isbotlangan;
funksional qabziyati bo‘lgan bolalar qonidagi mochevina va TNF-α o‘rtasida, kreatinin va IL-8 o‘rtasida yuqori musbat assotsiatsiyalar, qondagi mochevina va IL-8 o‘rtasida manfiy bog‘liqlik; bolalardagi funksional qabziyat asoratlarida TNF-α va qondagi kreatininning, hamda AST va TNF-α o‘rtasidagi yuqori teskari bog‘liqligi aniqlangan.
Bolalardagi qabziyatda to‘qima destruksiyasi markyori sifatida AST, qondagi mochevina esa disbioz va ikkilamchi infeksiya xavfi rivojlanishini ko‘rsatishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 mart №23-Z/011 son xulosasiga ko‘ra:
bolalarda funksional ich qotishining rivojlanishi uchun xavf omillarini baholash o‘tkazilgan. Bolalarda funksional ich qotishining shakllanishi va kechishida bashoratchi omillar quyidagilardir: anemiya, maktabda, bolalar bog‘chasida “qulay sharoitlar ” yo‘qligi, “tuvakdan qo‘rqish” tufayli defekatsiya qilish istagini bostirish, vegetativ qon tomir distoniyasi tashkil etgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan bashoratchi omillar qabziyatning rivojlanishini erta tashxislash va qabziyat asoratlarining istiqbolini belgilash imkonini beradi, birlamchi pediatrik bo‘g‘inda tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika Shoshilinch Tez Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (5.04.2022 y.; №72), Buxoro tumanidagi ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.03.2022 y.; №57), Romitan tumani ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №46), Buxoro shahar 7-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (2.05.2022 y.; №34) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qabziyat rivojlanishidagi bashoratchi omillarni o‘rganish, turli yoshdagi bolalarda qabziyat va uning asoratlarini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturni amalga oshirish katta moliyaviy davlat xarajatlarini talab qilmaydi. Ya’ni, to‘g‘ri olib boriladigan turmush va o‘qish tarzi qabziyat bilan kasallanishni kamaytirishga, shuningdek, ichakni jarrohlik yo‘li bilan tuzatishdan keyingi nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. Natijada bolalar orasida nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytiradi, bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni amalga oshirish diagnostikaning aniqligi va tezlashishiga, shuningdek qabziyat asoratlarining oldini olishga, bu esa ushbu toifadagi kasal bolalarni tashxislash va davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: bolalarda funksional qabziyatning shakllanishi va kechishida bashoratchi omillar bo‘lmish: anemiya, maktabda, bolalar bog‘chasida “qulay sharoitlar” yo‘qligi, “tuvakdan qo‘rqish” tufayli defekatsiya istagini bostirish, vegetativ qon tomir distoniyasi; turli etiologiyali anemiya va defekatsiya jarayoni uchun “qulay sharoitlar” yo‘qligi (maktabda, bolalar bog‘chasida), shuningdek, “tuvakdan qo‘rqish” tufayli defekatsiya istagini bostirish bolalarda ich qotishi shakllanishi va uning asoratlari xavfi, irsiy moyilligi bo‘lgan, markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi, vegetodistoniya va turli etiologiyali nevrozlarda qabziyat va uning asoratlari xavfini aniqlash birinchi bo‘g‘in tibbiy muassasalarida tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirish imkonini beradi ("Qabziyatdan aziyat chekayotgan erta yoshli bolalar uchun kuzatuv algoritmi" 23.09.2022 yildan №18883-sonli DGU). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Bolalarda funksional qabziyat asoratlari profilaktikasi dasturi" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 17 martdagi 04/1666-sonli xat yuborilgan.
IL-6 C174G geni GG genotipi va G alleli bilan funksional qabziyatda musbat bog‘liqlik aniqlangan, bunda GG polimorfizmi mutant genotipiga ega IL-6 ning S174 G geni bo‘lgan shaxslarda qabziyat rivojlanish xavfi 49:1 dan yuqori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: IL-6 ning 174 G genining C va G allellari gomozigot va geterozigot uchrash holatiga ko‘ra qabziyatning rivojlanishini erta tashxislash va qabziyat asoratlarining istiqbolini belgilash imkonini beradi, birlamchi pediatrik bo‘g‘inda tibbiy yordam faoliyatini takomillashtirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: IL-6 C174G polimorfizmi mutant GG genotipiga ega shaxslarda qabziyat rivojlanish xavfi 49:1 ekanligini isbotlangan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga ilk bor tadbiq etilishi tibbiyotning barcha bo‘g‘inlari shifokorlariga turli yoshdagi bolalar ovqat ratsionini to‘g‘ri tashkil etish va belgilash, qabziyatga moyillik ehtimolini erta aniqlash qabziyat asoratlari rivojlanish istiqbolini belgilash, ichaklarda ikkilamchi anatomik o‘zgarishlarning rivojlanishi oldini olish, qo‘llaniladigan davolash usullarini optimallashtirish imkonini beradi, kompleks diagnostik va davolash natijalarini yaxshilab, shifo jarayonini tezlashtiradi, yotoq kunlarini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika Shoshilinch Tez Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (5.04.2022 y.; №72), Buxoro tumanidagi ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.03.2022 y.; №57), Romitan tumani ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №46), Buxoro shahar 7-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (2.05.2022 y.; №34) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qabziyat bilan kasallangan bolalarda qonida IL-6 ning 174 G genining C va G allellari gomozigot va geterozigot uchrashini ichak tuzilishida ikkilamchi anatomik o‘zgarishlarning shakllanish xavfini aniqladi. Ushbu usul yordamida funksional qabziyat oqibatining marker va indikatorlari aniqlandi va amaliyotda sinaldi, shuningdek ushbu tekshiruvning samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 142 000 so‘mgacha kamaytirgan (shifoxonada 1 kun qolish 47 333 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan, bunda 156 000 so‘m tejashga erishilgan (1 kunga o‘rtacha 52 000 so‘m dori vositalariga sarflanadi); bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etilishiga erishildi. Natijada 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: qabziyat bo‘lgan bemor bolalarda taklif etilgan diagnostika yangiliklarining qo‘llanilishi natijasida IL-6 ishlab chiqarishning maksimal darajasi C 174 G gen polimorfizmining gomozigotli G allel genotipi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Immun-genetik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni o‘rganish bolalar orasida qabziyatni erta tashxislash va davo choralarini samaradorligini oshirish imkonini berdi va 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Bolalarda funksional qabziyat asoratlari profilaktikasi dasturi" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 17 martdagi 04/1666-sonli xat yuborilgan.
IL-6 va TNF-α darajasi bolalarda funksional qabziyat natijalarini bashorat qilishga imkon bergan. Funksional qabziyati bo‘lgan bolalar qonidagi mochevina va TNF-α o‘rtasida, kreatinin va IL-8 o‘rtasida yuqori musbat assotsiatsiyalar, qondagi mochevina va IL-8 o‘rtasida manfiy bog‘liqlik; bolalardagi funksional qabziyat asoratlarida TNF-α va qondagi kreatininning, hamda AST va TNF-α - o‘rtasidagi yuqori teskari bog‘liqligi aniqlangan. Bolalardagi qabziyatda to‘qima destruksiyasi markyori sifatida AST, qondagi mochevina esa disbioz va ikkilamchi infeksiya xavfi rivojlanishini ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qabziyat bilan og‘rigan bemor bolalarda tashxisot jarayonida qonning immunologik parametrlari bo‘lgan IL-6, IL-8, TNF-α larni o‘rganish tashxislash jarayonida maqsadli qo‘llash qabziyatga moyillikni, erta tashxisotni va asoratlanishini kamaytirishga erishish imkonini beradi. Qabziyat bilan kasallangan bolalarda IL-6, IL-8 va TNF-α darajasining statistik jihatdan sezilarli darajada oshishi aniqlangan Taklif qilingan istiqbolli omillar va tashxisot usuli qabziyatdan aziyat chekayotgan bolalarda yallig‘lanishning o‘tkir fazasini, ichak disbiotsenozi fonida autoimmun jarayonlar shakllanish ehtimolini oldini olish imkonini beradi. Qonda IL-6 va TNF-α darajasiga ko‘ra bolalarda funksional qabziyatning natijasini bashorat qilish imkoniyati isbotlangan. Ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda tashxislanadigan yo‘g‘on ichak kasalliklarida immuno-genetik va bioximik xususiyatlarni baholash bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tizimlashtirgan holda ushbu xizmat samaradorligini oshirdi, bu esa bolalar orasida qabziyat bilan kasallanish darajasini kamaytirdi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tavsiya etilayotgan baholash uslubining ijtimoiy ahamiyatini oshirishga, bolalar orasida nogironlikning oldini olish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Respublika Shoshilinch Tez Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (5.04.2022 y.; №72), Buxoro tumanidagi ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.03.2022 y.; №57), Romitan tumani ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №46), Buxoro shahar 7-son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (2.05.2022 y.; №34) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: interleykin genlarining juda yuqori polimorfizmga ega ekanligini inobatga olgan holda, gen polimorfizmini o‘rganish xavf guruhlarini aniqlash va har bir bemor tashxisotidan so‘ng unga optimal terapiyani tanlashda zamin yaratadi. Davolashsiz uzoq davom etgan qabziyat ichak va organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Bemorlarda ushbu sitokinlar faoliyatini erta aniqlash orqali ichak motorikasi faoliyati buzilishi, qabziyat shakllanishini erta tashxislash, bolalar orasida qabziyatning asoratlari xavfini kamaytirib, kasallik asoratlanishining oldini olishning maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Bemor bolalar hamda ular ota-onalarining ushbu kasallikda bolalarni parvarishlash sifatini oshirish, bolalarning o‘zlariga nisbatdan ishonchi oshib, umidsizliklari kamaygani, ma’lum miqdorda hayot sifati oshgani hamda pediatr, gastroenterolog shifokorlarga bo‘lgan katta xajmli ish miqdori kamaygani bilan asoslangan, yangi diagnostik usulning qo‘llanilishi mazkur kasallikka chalingan bemor bolalarning kompleks davolanish samaradorligini oshishi natijasida ularning reabilitatsiyasi, yashash, o‘qish faoliyatini yaxshilaydi, tiklanish muddatlarini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qabziyati bo‘lgan bemor bolalarda taklif etilgan diagnostika usulni qo‘llash natijasida ularning vrach qabuliga murojaatini 1,0 baravarga, statsionar davolanish kunlarining 10 kundan 7 kunga qisqarishi hisobidan har bir bemorga 173 000 so‘m miqdoridagi xarajat tejalishiga erishilgan. Yo‘g‘on ichak faoliyatini saqlab qolish bemor bolalarni murakkab jarrohlik amaliyotidan saqlab qoladi hamda har bir bemor bolaga sarflangan mablag‘ning 910 500 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining bir necha barobarga kamayishi, buyurilgan tahlillar hajmini kamaytirish asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Bolalarda qabziyatni tashxislash usullarini amaliyotga joriy etilishi kasallik rivojlanishi, kechishi, kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga, jami 1 davo kursiga 2 799 285 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: qabziyati bo‘lgan bemor bolalarda kasallik rivojlanishi, zo‘rayishi va asoratlanishini oldini olish maqsadida tashxisot jarayonida sitokinlar ko‘rsatgichlarini o‘rganish va ularning erta korreksiyasini amalga oshirish orqali bemorlarning vrachga murojaatlari soni 1,0 baravarga kamayadi va o‘z vaqtida samarali davolash jarayonida har bir bemorga 173 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Qabziyat bilan kasallangan bolalarda qon parametrlarining o‘zaro bog‘liqligining korrelyasion tahlil qilish ichak tuzilishida ikkilamchi anatomik o‘zgarishlarni shakllanish xavfini aniqlagan. Korrelyasiya yordamida funksional qabziyat oqibatining marker va indikatorlari aniqlangan. O‘rganilgan sitokinlarning qon leykotsitlari bilan o‘rnatilgan salbiy bog‘liqligi jarayonning xronizatsiyasi va areaktivlik holatini ko‘rsatadi. Ushbu holatda AST to‘qima destruksiyasi markeri sifatida, mochevina esa disbakterioz va ikkilamchi infeksiyalar rivojlanishini ko‘rsatgan. Tavsiya etilayotgan diagnostik usuli kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga, jami 1 davo kursiga 2 799 285 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Bolalarda funksional qabziyat asoratlari profilaktikasi dasturi" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 17 martdagi 04/1666-sonli xat yuborilgan.
bolalarda funksional qabziyatning asoratlarini oldini olish dasturi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qabziyatning rivojlanishi va ularning asoratlari uchun belgilangan xavf omillarining ta’sirini hisobga olgan holda, bolalarning ma’lum bir yosh guruhi uchun profilaktika dasturi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilish bo‘yicha bo‘yicha buyruq (20.03.2022y; № 68), Romitan tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli maslahat poliklinikasi bo‘yicha buyruq (10.02.2022y; №46) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli yoshdagi bemor bolalar uchun ushbu kasallikda bolalarni ovqatlanish, parvarishlash, hayot va o‘qish sifatini oshirish dasturlari ishlab chiqildi. Ular yordamida bolalarning o‘zlariga nisbatdan ishonchi oshadi, umidsizligi kamayadi, ma’lum miqdorda hayot sifati oshadi, yangi diagnostik usulning qo‘llanilishi mazkur kasallikka chalingan bemor bolalarning kompleks davolanish samaradorligini oshishi natijasida ularning reabilitatsiyasi, yashash, o‘qish faoliyatini yaxshilaydi, tiklanish muddatlarini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda qabziyat asoratlarining oldini olish usullarini amaliyotga joriy etilishi kasallik rivojlanishi, kechishi, kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga, jami 1 davo kursiga 2 799 285 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: bolalarda qabziyat asoratlarining oldini olish usullarini amaliyotga joriy etilishi kasallik rivojlanishi, kechishi, kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash, hayot,o‘qish sifati oshishi hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 142 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 156 000 so‘mga, jami 1 davo kursiga 2 799 285 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Bolalarda funksional qabziyat asoratlari profilaktikasi dasturi" mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 17 martdagi 04/1666-sonli xat yuborilgan.