Kalmuratov Timur Nagmetullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ Ped5332. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Eshpo‘latov Komiljon Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyatni boshqarish funksiyalari davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim va tadbirkorlik subekti sifatidagi o‘zaro uyg‘unligiga moliyaviy mustaqillik, raqobatbardoshlik eng yuqori foyda olishga intilish kabi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolarni pedagogik monitoring qilish va tashxislash orqali pedagogik korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish algoritmi ta’lim sifatining mavjud holati va ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlarning tashkiliy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv faoliyatini baholash mezonlari tarbiyalanuvchilarning umumiy va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini rivojlanganligi va mazkur jarayon uchun tegishli shart-sharoitlar shakillanganlik darajalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
faoliyatni boshqarish funksiyalari davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim va tadbirkorlik subekti sifatidagi o‘zaro uyg‘unligiga moliyaviy mustaqillik, raqobatbardoshlik, eng yuqori foyda olishga intilish kabi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-maydagi 03-139-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zarur mebel va jihozlar hamda o‘quv materiallari bilan ta’minlash, ulardagi pedagog xodimlarning bepul malaka oshirishlarini tashkil etish kabi tashkiliy va boshqaruv jarayonlari takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolarni pedagogik monitoring qilish va tashxislash orqali pedagogik korreksiyalash asosida takomillashtirilga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son qarori mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-maydagi 03-139-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari pedagogik jarayonning borishi, faoliyatning asosiy natijalari hamda ijtimoiy buyurtmaga asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish algoritmi ta’lim sifatining mavjud holati va ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlarning tahliliy, tashkiliy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Maktabgacha ta’limda innovatsion menejment” va “Ta’lim sifati monitoringi” o‘quv modullari mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 22-maydagi 03-139-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv modullari mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yoʻnalishlari, boshqaruv funksiyalari, usullari, boshqaruvni rejalashtirish, boshqaruv samaradorligi va ta’lim sifatini baholashga oid zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv faoliyatini baholash mezonlari  tarbiyalanuvchilarning umumiy va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini rivojlanganligi va mazkur jarayon uchun tegishli shart-sharoitlar shakillanganlik darajalariga oid ishlanmalar hamda takliflar asosida ta’sischi va rahbarlar uchun maxsus kurs dasturi ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 
22-maydagi 03-139-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmi boshqaruv funksiyalari hamda tamoyillari asosida, ta’lim sifatini boshqarish algoritmi sifat ko‘rsatkichlari hamda komponentlarining o‘zaro ketma-ketligi va muvofiqligi asosida takomillashtirilgan, rahbarlar boshqaruv faoliyatining samaradorligi oshishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish