Abdug‘aniev Uchqun Habibulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashirin iqtisodiyot darajasini fiskal siyosat instrumentlari yordamida pasaytirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2188.
Ilmiy rahbar: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashirin iqtisodiyot oqibatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali byudjet tushumlari hajmini oshirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofadan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish imkonini beradigan “masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlarini tashkil etish orqali bojxonaga oid ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish tavsiya etilgan;
eksport-import operatsiyalarida soliq bazasini yashirish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash tizimini takomillashtirish uchun “Yagona oyna” portali barcha xizmatlarini bir platformaga joylashtirish hamda ma’lumotlar elektron bazasidan raqamli foydalanishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
bojxona ma’muriyatchiligiga “Vakolatli iqtisodiy operatorlar” tizimini joriy etish va insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini berish tavsiya etilgan;
2028-yilga qadar O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni kamaytirish hisobiga davlat byudjetiga jalb etiladigan tushumlar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashirin iqtisodiyot oqibatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali byudjet tushumlari hajmini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofadan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish imkonini beradigan “masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlarini tashkil etish orqali bojxonaga oid ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi PF-6310-son Farmoni, 1-2 bandlarida bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 22-sentyabrdagi №1/01-2200060-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi TIF bojxona postlari bojxona nazorati ixtisoslashtirilishi va deklaratsiyalash jarayonlari tezlashgan hamda mansabni suiiste’mol qilish holatlariga barham berilgan;
eksport-import operatsiyalarida soliq bazasini yashirish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash tizimini takomillashtirish uchun “Yagona oyna” portali barcha xizmatlarini bir platformaga joylashtirish hamda ma’lumotlar elektron bazasidan raqamli foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” 16-bandi bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 22-sentyabrdagi №1/01-2200060-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tizimni joriy etilishi natijasida eksportda 84 foiz va importda 74 foiz yuklarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirishga erishilgan, bojxona ko‘riklari soni 2,2-martaga kamayib, ko‘riklar samaradorligini 1,3 barobarga oshirilishiga erishilgan;
bojxona ma’muriyatchiligiga “Vakolatli iqtisodiy operatorlar” tizimini joriy etish va insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qaror bilan tasdiqlangan “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandi bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 22-sentyabrdagi №1/01-2200060-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish natijasida halol tashkilotlar soni 600 taga ko‘payib, 1300 taga etdi hamda 35 ta tadbirkorlik subektiga ushbu maqom berilgan bo‘lib, natijada bojxona tartib-taomillaridan foydalanish tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari soddalashtirilgan;
2028-yilga qadar O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni kamaytirish hisobiga davlat byudjetiga jalb etiladigan tushumlar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat byudjetining tushumlari prognozini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023-yil 22-iyundagi № 21/05-23-0014-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif byudjet daromadlari tarkibida soliqlar va yig‘imlarning prognozlarini aniqlash orqali yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirishning reja-dasturini ishlab chiqish imkonini beradi.