Imamaliev Dilshod Muxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘l harakati xavfsizligi auditini hisobga olgan holda halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3184
Ilmiy rahbar: Sodiqov Jamshid Ibrohim o‘g‘li, t.f.d., professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: PhD, dotsent Yunusov Abduvohid Gofurovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, dotsent Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich (Jizzax politexnika instituti).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy usullar va modellar yordamida halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishi “Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l-Piyoda-Muhit” tizimi omillariga to‘liq bog‘liqligi ohirgi o‘n yillik YTH ma’lumotlarini tahlil qilish orqali aniqlangan;
avtomobil yo‘llaridagi halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usuli “Manchester haydovchilar so‘rovnomasi” natijalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
“Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l-Muhit” tizimi omillarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘lidagi halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usuli yo‘l harakati xavfsizligi ekspert guruhi so‘rovnomasi natijalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
yo‘l harakati xavfsizligi auditi orqali halokatlilik riskini baholash uchun xalqaro indikatorlar bilan uyg‘unlashgan “Xavfsiz yo‘l” indeksi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: YO‘l harakati xavfsizligi auditini hisobga olgan holda halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish natijasida avtomobil yo‘llaridan samarali va xavfsiz foydalanish uchun “Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l-Piyoda-Muhit” tizim elementlariga to‘liq bog‘liqligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 13-martdagi 02-637 son ma’lumotnomasi). Natijada halokatlilikka ta’sir etuvchi omillarini tasniflash imkoni yaratilgan, bu esa halokatlilik riskini baholashning samaradorligini 18 foizga oshirgan;
olib borilgan tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi yo‘l sharoitidan kelib chiqib, avtomobil yo‘llaridagi halokatlilik riskini baholashning “Manchester haydovchilar so‘rovnomasi”ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan axborot-tahliliy usuli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 13-martdagi 02-637 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘ldagi halokatlilik riskini baholashning axborot-tahliliy usuli natijadorligi 25 foizga oshirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida “Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l-Muhit” sharoitini inobatga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligi ekspert guruhi so‘rovnomasi orqali avtomobil yo‘lidagi halokatlilik riskini baholashning takomillashtirilgan axborot-tahliliy usuli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 13-martdagi 02-637 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va yo‘l tashkilotlari tomonidan avtomobil yo‘llaridagi halokatlilik riskini baholash tezkorligi oshirilgan;
yo‘l harakati xavfsizligi auditi orqali halokatlilik riskini baholash uchun “Xavfsiz yo‘l” indeksi jahonda tan olingan indikatorlar bilan uyg‘unlashtilgan va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 13-martdagi 02-637 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot olib borilgan avtomobil yo‘lining 8,16 km bo‘lagi yo‘l foydalanuvchilari uchun xavfliligi aniqlangan;
tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining turli bo‘laklarida harakat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha iqtisodiy asoslangan umumiy tavsiyalar ishlab chiqilgan va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 13-martdagi 02-637 sonli ma’lumotnomasi) Natijada tadqiqot ilmiy natijalarini tadbiq etishning iqtisodiy samaradorligi bir inson hayoti riskini kamaytirish hisobiga bir yilda 46 704 000 so‘mni tashkil etishi aniqlangan.