Elbaeva Muqaddas Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq tizimida soliq risklarini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2601.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Ergashev Dilmurod Ikramovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq tizimida soliq riskini baholash va uni boshqarish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchilarning kontragentlarni tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishga amal qilish va uning oqibatida soliq to‘lovchi doirasida soliq xavfining yuzaga kelishini baholash tartibini joriy etish orqali insofsiz soliq to‘lovchilar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishishda yuzaga keladigan soliq xavflarining oldini olish taklifi asoslangan;
davlat byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamagan yoki o‘zaro operasiyalarini elektron hisob fakturada aks ettirmagan yoki soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan kontragentlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar bo‘yicha soliq xavfini aniqlashning avtomatlashtirilgan algoritmlarga asoslangan mezonlarini tatbiq etish orqali soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha yuzaga keladigan soliq xavfini aniqlash taklifi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq xavfini darajasini aniqlashni taqdim etilgan xabarnomaga asosan o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida tuzilgan nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy va iqtisodiy shartlarini mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitim shartlari bilan taqqoslash asosida soliqlar to‘liq hisoblab chiqilganligini tekshirishda tovar (xizmatlar)ning tashqi va ichki bozorlardagi transfert narxlarni tahlil qilish orqali takomillashtirish asoslangan;
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 100 ball chegarasida baholanuvchi soliq xavfi mezonlari asosida soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha segmentlash va soliq davri uchun olingan daromad miqdoriga qarab belgilash orqali soliq xavfi darajasini aniqlashni takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq tizimida soliq riskini baholash va uni boshqarish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
soliq to‘lovchilarning kontragentlarni tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishga amal qilish va uning oqibatida soliq to‘lovchi doirasida (birinchisida) soliq xavfining yuzaga kelishini baholash tartibi takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida e’tiborga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 mart 15-38211-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinish oqibatida insofsiz soliq to‘lovchilar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish orqali soliq to‘lovchilarda yuzaga keladigan soliq xavflarining oldini olishga imkon yaratgan;
davlat byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamagan yoki o‘zaro operasiyalarini elektron hisob fakturada aks ettirmagan yoki soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan kontragentlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar bo‘yicha soliq xavfini aniqlashning avtomatlashtirilgan algoritmlarga asoslangan ishlab chiqqan mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4389-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 mart 15-38211-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha yuzaga keladigan soliq xavfini aniqlashda raqamlashtirishning samarasini oshishiga olib kelgan va soliq xavfini aniqlashning ishonchligini oshirgan;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq xavfini darajasini aniqlashni taqdim etilgan xabarnomaga asosan o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida tuzilgan nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy va iqtisodiy shartlarini mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitim shartlari bilan taqqoslash asosida soliqlar to‘liq hisoblab chiqilganligini tekshirishda tovar (xizmatlar)ning tashqi va ichki bozorlardagi transfert narxlarni tahlil qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarorini tayyorlashda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 mart 15-38211-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi transfert narxlarni tahlil qilish asnosida yirik soliq to‘lovchilarning soliq xavfini darajasini aniqlashga katta uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 100 ball chegarasida baholanuvchi soliq xavfi mezonlari asosida soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha segmentlash va soliq davri uchun olingan daromad miqdoriga qarab belgilash orqali soliq xavfi darajasini aniqlashni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori 1-ilovasida tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 31 mart 15-38211-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarini amaliyotga joriy qilish natijasida soliq to‘lovchilar faoliyatini segmentlash asosida ularda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliq xavflarini aniqlash mexanizmlari takomillashtirilishiga va ularning samaradorligi oshishiga olib kelgan.