Xudayberdieva Gulnora Xursandovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda Sovet davrida madaniyat muassasalari faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990-yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1049.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; To‘raeva Matluba Xoliqulovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sovet davrida madaniyat muassasalar faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990-yy) ga  oid jarayonlar asosida mintaqada yuz bergan tarixiy voqeilikning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet hokimiyatining ilk yillarida Surxon vohasida tuzilgan “qizil choyxona”lar asosiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lib qolganligi, “qizil karvon”, “qizil barja”, agitvagon singari ko‘chma madaniy-oqartuv muassasalari muhim ahamiyat kasb etganligi,  Termiz shahrida Amir Olimxon davrida qurilgan masjid ateizmni targ‘ib qilish markaziga aylantirilganligi dalillangan;
Sherobod  dehqon  yoshlari maktabida o‘quvchilarga ta’lim berish bilan birga dehqonlar orasida qishloq xo‘jalik bilimlarini targ‘ib qilishga yordam berilganligi, Amina Fayzieva, Inobat Rustamova va Xadicha O‘rmonovalar mahalliy xotin-qizlardan etishib chiqqan ilk o‘qituvchilar sifatida faoliyat yuritganligi aniqlangan;
Jarqo‘rg‘on rayonida Mushtariy Saidova boshchiligida drama xalq teatri tuzilganligi, Termiz shahridagi kinoseanslar asosan zobitlar uyida hamda M.Gor`kiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil qilinganligi, Denovda ilk gazeta lotin alifbosida «Qizil Denov» nomi bilan chop etilganligi aniqlangan;
Sovet davrida Surxondaryoda milliy-an’anaviy qadriyatlarga zid bo‘lgan "yangi adabiyot" shakllantirilib borilganligi, Boysunda tuzilgan “Shalola” ansambli ilk fol`klor-etnografik ansambl ekanligi, biroq ushbu ansambl faoliyatiga sovet mafkurasining ta’siri tufayli ma’lum vaqt chek qo‘yilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda Sovet davrida madaniyat muassasalari faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990-yy.) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sovet hokimiyatining ilk yillarida Surxon vohasida tuzilgan “qizil choyxona”lar asosiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lib qolganligi, “qizil karvon”, “qizil barja”, agitvagon singari ko‘chma madaniy-oqartuv muassasalari muhim ahamiyat kasb etganligi,  Termiz shahrida Amir Olimxon davrida qurilgan masjid ateizmni targ‘ib qilish markaziga aylantirilganligi, Sherobod  dehqon  yoshlari maktabida o‘quvchilarga ta’lim berish bilan birga dehqonlar orasida qishloq xo‘jalik bilimlarini targ‘ib qilishga yordam berilganligi, Amina Fayzieva, Inobat Rustamova va Xadicha O‘rmonovalar mahalliy xotin-qizlardan etishib chiqqan ilk o‘qituvchilar sifatida faoliyat yuritganligi aniqlanganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 28 fevraldagi 03-30-322-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Bu ma’lumotlar sovet davlatining madaniyat  sohasida  amalga oshirgan siyosati, uning ijtimoiy-madaniy oqibatlarini tahlil qilib berishga xizmat qilgan;
Jarqo‘rg‘on rayonida Mushtariy Saidova boshchiligida drama xalq teatri tuzilganligi, Termiz shahridagi kinoseanslar asosan zobitlar uyida hamda M.Gor`kiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil qilinganligi, Denovda ilk gazeta lotin alifbosida «Qizil Denov» nomi bilan chop etilganligi, Sovet davrida Surxondaryoda milliy-an’anaviy qadriyatlarga zid bo‘lgan "yangi adabiyot" shakllantirilib borilganligi, Boysunda tuzilgan “Shalola” ansambli ilk fol`klor-etnografik ansambl ekanligi, biroq ushbu ansambl faoliyatiga sovet mafkurasining ta’siri tufayli ma’lum vaqt chek qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va marifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va marifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 13 fevraldagi 04/12-43-son ma’lumotnomasi). Bu esa, voha madaniyat xodimlarining milliy madaniyat yuksalishiga qo‘shgan hissasini o‘rganishga xizmat qilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish