Tillaxodjaeva Xurshida Djumavaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda FHDYo organlari shakllanishi va faoliyati tarixidan (1917-1991 yy)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar429.
Ilmiy rahbar: Xalikova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunov Javli Narzullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1991 yillarda O‘zbekistonda FHDYo tizimi faoliyati, jumladan fuqarolik holatlarini ro‘yxatga olish idoralarining shakllanishi, uning faoliyatini takomillashtirish jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘zbek, tojik va turkman xalqlarida amakivachchalar o‘rtasidagi nikoh keng tarqalganligi, Turkistonda katta patriarxal oilalarning mavjud bo‘lganligi, aholi orasida shariat va odat qoidalari hukmronlik qilganligi, nikohning endogam va ekzogam turlari aralash holatda yoyilganligi dalillangan;
Sovet hokimiyatining ilk yillarida fuqarolikni ro‘yxatga olish ishlarini ruhoniylardan FHDYo bo‘limlariga o‘tkazilganligi, Buxoro Xalq Sovet respublikasida nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchilik ishlari shariat normalari bo‘yicha amalga oshirilganligi, mahalliy aholining fuqarolik guvohnomalari (metrikalari) bilan etarli darajada tanish emasligi aniqlangan;
Sovet davlati nikoh tuzishda qalin berishni tugatish masalasiga qat’iy kirishganligi, O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish natijalariga ko‘ra nikohlanuvchilar sonining ilk bor statistikasi olinganligi, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nikohdan o‘tuvchilar soni jihatidan Toshkent shahri respublikada eng yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi asoslangan;
FHDYo organlari Adliya vazirligi tarkibiga o‘tkazilgan paytda xodimlarning ish haqi past miqdorda belgilanganligi, Toshkent shahar Chilonzor tumani ijroiya qo‘mitasi FHDYo bo‘limi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tantanali ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yganliklari  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1991 yillarda O‘zbekistonda FHDYo organlari shakllanishi va faoliyatini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:  
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘zbek, tojik va turkman xalqlarida amakivachchalar o‘rtasidagi nikoh keng tarqalganligi, Turkistonda katta patriarxal oilalarning mavjud bo‘lganligi, aholi orasida shariat va odat qoidalari hukmronlik qilganligi, nikohning endogam va ekzogam turlari aralash holatda yoyilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining Taqdimot ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasining 2022 yil 3 avgustdagi 06-28–1234-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik orasida mamlakatimiz hududlarida oila nikoh munosabatlari, uning rivojlanib borish bosqichlari tarixiga oid bilimlarning kengayishiga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyatining ilk yillarida fuqarolikni ro‘yxatga olish ishlarini ruhoniylardan FHDYo bo‘limlariga o‘tkazilganligi, Buxoro Xalq Sovet respublikasida nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchilik shariat normalari bo‘yicha amalga oshirilganligi, mahalliy aholining fuqarolik guvohnomalari (metrikalari) bilan etarli darajada tanish emasligi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 23 noyabrdagi 24/8-6/14428-son ma’lumotnomasi). Natijada FHDYo organlari faoliyatini samarali tashkil etish, milliy qadriyatlarimizning oila-nikoh munosabatlariga ijobiy ta’siri etishi, nikoh va ajralishlardagi ko‘rsatgichlar dinamikasi shakllantirishga xizmat qilgan;  
Sovet davlati nikoh tuzishda qalin berishni tugatish masalasiga qat’iy kirishganligi, O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish natijalariga  ko‘ra nikohlanuvchilar sonining ilk bor statistik tahlilga olinganligi, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nikohdan o‘tuvchilar soni jihatidan Toshkent shahri Respublikada eng yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022-yil 23-dekabr  02-01/1473-son dalolatnomasi). Natijada FHDYo idoralarini oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan samarali ishlashini ta’minlash va oilalarda ajralishlarni oldini olishga oid masalalarni hal qilishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish