Safarov Soyib Berdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik yillarida janubiy O‘zbekistonda madaniy meros obektlari va zamonaviy turizmning rivojlanish jarayonlari”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar639.
Ilmiy rahbar: Xalikova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabboevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Babajanova Diloram, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonning janubiy hududlaridagi madaniy meros obektlarining saqlanishi, tarixiy va ilmiy ahamiyati, zamonaviy turizmni rivojlantirishdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan madaniy meros obektlarida respublika olimlari bilan arxeologik qazishma ishlari olib borilishi natijasida 2001-yildan boshlab tarixiy me’moriy obidalarning yangi texnik pasporti berila boshlangan bo‘lsa-da, ularning ayrimlaridagi tarixiy noaniqliklar mavjudligi sabab tegishli ma’lumotlarni yangilab borish zaruriyati asoslangan;
O‘zbekistonning janubiy hududlarida joylashgan madaniy meros obektlaridan Qashqadaryo viloyatida 1468 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatga olinganligi, ularning 1011 tasi respublika, 596 tasi mahalliy ahamiyatga molikligi, Surxon vohasida 561 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, shundan arxeologik yodgorliklar 444 ta, arxitektura yodgorliklari 36 ta, monumental yodgorliklar 39 ta, diqqatga sazovor joylar 42 tani tashkil etganligi dalillangan;
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida turizmni rivojlantirish uchun xorijiy turistik firmalar bilan tajriba almashish dasturini yo‘lga qo‘yish, turfirmalar sayyohlarni jalb qilishi uchun madaniy yodgorliklar bo‘ylab turistik yo‘nalishlarga - Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, Denov va Boysunda joylashgan tarixiy va etnografik obidalar, Omonxona, Anjir ota, G‘o‘rimbuloq, Xo‘jamayxona, Sangardak sharsharasi kabi shifobaxsh maskanlarning mavjudligi asoslangan;
Kitobda “Ko‘pkari − uloq o‘yinlari”, Shahrisabzda “Festivallar shahri”, Boysunda “Boysun bahori”, Termizda xalqaro baxshichilik festivali kabi tadbirlarni tashkil qilinishi turistik infratuzilmalarni rivojlantirish hamda servis sifatini yaxshilashga imkon berganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida janubiy O‘zbekistonda madaniy meros obektlari va zamonaviy turizmning rivojlanish jarayonlarini o‘rganish asosida:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan madaniy meros obektlariga respublika olimlari bilan arxeologik qazishma ishlari olib borilishi natijasida 2001-yildan boshlab tarixiy me’moriy obidaning yangi texnik pasporti berila boshlangan bo‘lsa-da, ularning ayrimlaridagi tarixiy noaniqliklar mavjudligi sabab tegishli ma’lumotlarning yangilab borish zaruratini keltirib chiqarganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday” kabi ko‘rsatuv ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2022 yil 3 oktyabrdagi 06-28-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning ichki va tashqi turizmni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar bilan tanishishlariga xizmat qilgan;
Qashqadaryo vohasida turizmni rivojlantirish uchun xorijiy turistik firmalar bilan tajriba almashish dasturini yo‘lga qo‘yish, turistik infratuzilmalarni rivojlantirish hamda servis sifatini yaxshilashga imkon berganligi, O‘zbekistonning janubiy hududlarida joylashgan madaniy meros obektlaridan Qashqadaryo viloyatida 1468 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatga olinganligi, ularning 1011 tasi respublika, 596 tasi mahalliy ahamiyatga molikligi, Surxon vohasida 561 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, shundan arxeologik yodgorliklar 444 ta, arxitektura yodgorliklari 36 ta, monumental yodgorliklar 39 ta, diqqatga sazovor joylar 42 tani tashkil etganligiga oid natijalardan 2023-2026-yillarda Respublikaning janubiy hududlarida turistik yo‘nalishlarni rivojlantirishga doir dasturda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023 yil 6 yanvardagi 04-18/42-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar xususan, tarixiy obidalarning holati, ichki va xalqaro turizm yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, elektronlashtirish masalasi, zamonaviy qurilmalarning zaruriyatini oshirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi turistik moddiy madaniy meros obektlaridan asosan maqbaralar, masjid va ziyorat maskanlari obod etilib, qayta tiklangani, biroq ko‘plab arxeologik yodgorliklar va obektlarni turistik tashrif yo‘nalishlariga kiritilmaganligi natijasida viloyat turizmi ichki sayyohlarga bog‘lanib qolishiga sabab bo‘lganligi, Kitobda “Ko‘pkari − uloq o‘yinlari”, Shahrisabzda “Festivallar shahri”, Boysunda “Boysun bahori”, Termizda xalqaro baxshichilik festivali kabi tadbirlarni tashkil qilinishi turistik infratuzilmalarni rivojlantirish hamda servis sifatini yaxshilashga imkon berganligi borasidagi natijalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2023-yil 12-yanvardagi 04-20/101-son ma’lumotnomasi) Natijalar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat madaniy meros boshqarmalarining o‘z faoliyatlarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
voha ziyoratgohlari, tarixiy yodgorliklarining qadimdan hozirgacha bo‘lgan islom, xristianlik va buddaviylik bilan bog‘liq obektlari, ularning turizm va hudud iqtisodiy rivojlanishidagi roli aniqlanganligi kabi nazariy xulosa, ilmiy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning hududiy filiallarida davlat va jamoat tashkilotlari, imom-xatiblar, otinoyilar, hududlardagi targ‘ibotchi ayollar uchun tashkil etilgan ilmiy seminarlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 1 fevraldagi 02-06/599-son ma’lumotnomasi). Natijada ziyoratgohlarning turizm va hudud iqtisodiy rivojlanishidagi rolini, obidalarimizning tarixiy ahamiyatini aniqlashga xizmat qilgan.