Ro‘zieva Mashxura Abdimuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi lo‘lilarining an’anaviy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari (XIX asr oxiri – XXI asrning boshi)”,  07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1068.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Qurbonova Manzila Bakievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasida lo‘lilarining an’anaviy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari (XIX asr oxiri – XXI asrning boshi)ni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo lo‘lilarining bobo Abdurahmon, bobo Abduraim, bobo Dilmurod, tovoqtaroshi, oymahmad, potarangi, qoratog‘i, afg‘oni, kitobi, sag‘bozi, qo‘qoni, bo‘rigi, qul(g‘ulom), qoragi, o‘tagi, balxi, qoralig, bobobek, qoravuli, eshoni, primi, ulug‘i kabi kichik urug‘larga bo‘linganligi aniqlangan;
lo‘lilarning O‘zbekiston hududiga bir tarixiy davrda kirib kelmaganligi, Surxon vohasida yashovchi lo‘lilarning mug‘ati, kovuli, pokiraj kabi guruhlarga bo‘linganligi, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi lo‘lilarning «sog‘utarosh», «qoshiqtarosh», «kosib», «kosataroshlar», «tovoqtaroshlar», «elakchilar», «savatchilar» deb atalganligi dalillangan;
lo‘lilarning magiya bilan bog‘liq urf-odatlari, olti bosqichdan iborat folbinlik an’analari, o‘ziga xos xalq tabobati, ya’ni «qortiq bilan qon olish», «kinna silash», «jahr qilish» bilan bog‘liq irimlar hamda ushbu jarayonda ishlatiladigan «abdal» shevasidan foydalanilganligi aniqlangan;
lo‘lilar O‘zbekistonni o‘z yurtlari deb bilishlari, ularning orasidan ziyolilar, ishbilarmonlar, davlat va xalq xo‘jaligi xodimlari etishib chiqib, ularning ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanganligi, ayniqsa, mustaqillik yillarida ishbilarmon va boy «yangi lo‘lilar» qatlami shakllanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasi lo‘lilarining moddiy va nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Surxondaryo lo‘lilarining bobo Abdurahmon, bobo Abduraim, bobo Dilmurod, tovoqtaroshi, oymahmad, potarangi, qoratog‘i, afg‘oni, kitobi, sag‘bozi, qo‘qoni, bo‘rigi, qul(g‘ulom), qoragi, o‘tagi, balxi, qoralig, bobobek, qoravuli, eshoni, primi, ulug‘i kabi kichik urug‘larga bo‘linganligi, lo‘lilarning O‘zbekiston hududiga bir tarixiy davrda kirib kelmaganligi, Surxon vohasida yashovchi lo‘lilarning mug‘ati, kovuli, pokiraj kabi guruhlarga bo‘linganligi, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi lo‘lilarning «sog‘utarosh», «qoshiqtarosh», «kosib», «kosataroshlar», «tovoqtaroshlar», «elakchilar», «savatchilar» deb atalganligi to‘g‘risidagi materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 3 martdagi 02/22/181-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy an’analar va qadriyatlarni asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish, shuningdek, yoshlar ko‘nglida yurtsevarlik, madaniy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga asos bo‘lgan;
lo‘lilarning magiya bilan bog‘liq urf-odatlari, olti bosqichdan iborat folbinlik an’analari, o‘ziga xos xalq tabobati, ya’ni «qortiq bilan qon olish», «kinna silash», «jahr qilish» bilan bog‘liq irimlar hamda ushbu jarayonda ishlatiladigan «abdal» shevasidan foydalanilganligi, lo‘lilar O‘zbekistonni o‘z yurtlari deb bilishlari, ularning orasidan ziyolilar, ishbilarmonlar, davlat va xalq xo‘jaligi xodimlari etishib chiqib, ularning ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanganligi, ayniqsa, mustaqillik yillarida ishbilarmon va boy «yangi lo‘lilar» qatlami shakllanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 12 maydagi 02/6/750-son ma’lumotnomasi). Bu esa, mamlakatimiz aholisining lo‘lilar hayoti bilan bog‘liq tasavuvurlarining kengayishiga hamda yoshlarning ongida bag‘rikenglik an’analarining  singdirilishiga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish