Davlatova Shoira Shodavlatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda boshqaruv strukturasining shakllanishi va taraqqiyotida milliy masalaning o‘rni (XX asrning 20-yillari)”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1084.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunov Ravshan Normuradovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda boshqaruv strukturasining shakllanishi va taraqqiyotida XX asr 20-yillarida milliy masalaning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet hokimiyati tomonidan butun respublika hududida, uning okruglarida, jumladan, Surxondaryo okrugida soxta mahalliylashtirish, o‘zbeklashtirish siyosatining o‘tkazilganligi, biroq bu siyosatning sovet nazorat organlari tomonidan ta’qibga olinganligi asoslangan;
Turkiston Respublikasi hukumati a’zolaridan Kazakov, Uspenskiy, Solkin Turkiston MIQ huzuridagi Milliy Ishlar seksiyasini “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida tanqid qilib, uni tarqatib yuborishni talab qilganliklari, T.Risqulovning “Mustaqil Turk Respublikasi”ni tuzish g‘oyasi bol`sheviklarning milliy siyosatiga qarshi sifatida baholanganligi aniqlangan;
O‘zbeklashtirish Markaziy Komissiyasining ish faoliyatida davlat apparatini milliylashtirish emas, balki davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishga qaratilganligi, okruglarda mahalliylashtirish Markaziy Komissiyasi uchun asosiy ish o‘rni ajratilmaganligi okrug mahalliylashtirish komissiyalarining faoliyatini sustkashligiga sabab bo‘lganligi asoslangan;
O‘zbekistonga oilaviy migratsiyalar ko‘payib borganligi, ishga yaroqli erkak aholining chet davlatlarga muhojirlikka ketganligi tufayli Andijon okrugi ijroiya qo‘mitasi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning asosiy qismi xotin-qizlardan tashkil topganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda boshqaruv strukturasining shakllanishi va taraqqiyotida milliy masalaning o‘rni (XX asrning 20-yillari)” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet hokimiyati tomonidan butun respublika hududida, uning okruglarida, jumladan, Surxondaryo okrugida soxta mahalliylashtirish, o‘zbeklashtirish siyosatining o‘tkazilganligi, biroq bu siyosatning sovet nazorat organlari tomonidan ta’qibga olinganligi asoslanganligi, Turkiston Respublikasi hukumati a’zolaridan Kazakov, Uspenskiy, Solkin Turkiston MIQ huzuridagi Milliy Ishlar seksiyasini “millatchilikning bir ko‘rinishi” sifatida tanqid qilib, uni tarqatib yuborishni talab qilganliklari, T.Risqulovning “Mustaqil Turk Respublikasi”ni tuzish g‘oyasi bol`sheviklarning milliy siyosatiga qarshi sifatida baholanganligi to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-264-son xati). Bu esa, sovet davlatining milliy sohada amalga oshirgan siyosati, uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlarini tahlil qilib berishga xizmat qilgan;
O‘zbeklashtirish Markaziy Komissiyasining ish faoliyatida davlat apparatini milliylashtirish emas, balki davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishga qaratilganligi, okruglarda mahalliylashtirish Markaziy Komissiyasi uchun asosiy ish o‘rni ajratilmaganligi okrug mahalliylashtirish komissiyalarining faoliyatini sustkashligiga sabab bo‘lganligi, O‘zbekistonga oilaviy migratsiyalar ko‘payib borganligi, ishga yaroqli erkak aholining chet davlatlarga muhojirlikka ketganligi tufayli Andijon okrugi ijroiya qo‘mitasi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning asosiy qismi xotin-qizlardan tashkil topganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2012 – 2013-yillarda bajarilgan IFA-2012-1-4-son “O‘zbekistonning sovet davridagi tarixi (1917–1991-yillar), 2-jild” loyihasi doirasida tayyorlangan ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917–1991-y.)” nomli akademik nashrda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 1-martdagi 3/1255-497-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston SSRda milliy masalaning hal qilinishida boshqaruv strukturasi va milliy kadrlar faoliyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan.