Qozoqov Sobirjon Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy omillari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S35.
Ilmiy rahbar: Kalanov Kamil Kulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat Po‘latovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatning ijimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda, tadbirkorlik hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishnining ijtimoiy omillari va xususiyatlarini sotsiologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatining yangi ijtimoiy tuzilma (struktura) sifatidagi «model»ini sotsiologik asoslash orqali va uning Yangi O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda tadbirkor shaxsni ijtimoiy-innovatsion faollikka undovchi motivlari asoslangan;
jamiyatda tadbirkorni yangi ijtimoiy qatlam vakili sifatidagi immanent va parmanent xususiyatlari, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilashda kasbiy takomillashib borish, faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish, kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish kabi umume’tirof etilgan kompetentsiyalarining ratsional omillar ekanligi sotsiologik asoslantirilgan;
aholi bandligini ta’minlash, inson salohiyatini rivojlantirishning akmeologik jihatlarini vitogen tajribasini dolzarblashtirish negizida, uning aqliy (intellektual) yuksalishi va kommunikativ kompetentsiyasining rivojlanishiga olib kelishi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida madaniy tadbirkorlikning kognitiv imkoniyatlarini rag‘batlantirish, qadriyatlar turizmini rivojlantirilishi aholi o‘rtasida ishsizlik darajasini pasaytirib, ularga qo‘shimcha daromad keltiruvchi natijador omil ekani sotsiologik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy omillari» mavzusidagi dissertatsiya so‘nggi yillarda mamlakatimizda «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish», «tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash», «aholi farovonligini ta’minlash» kabi inson omilini ko‘tarish, ishsiz fuqarolarni tadbirkorlik jarayoniga tortish, mehnat samaradorligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda aholi bandligini ta’minlashga oid ilmiy takliflardan O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan aholi o‘rtasida «Islohotlar sharoitida raqamli iqtisodiyotni oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirish jamiyatdan aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi» mavzusidagi davra suxbatlarini o‘tkazishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 23 avgustdagi 02-02/2039-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish orqali aholining o‘zini-o‘zi bandligini ta’minlash, turmush darajasini yanada yuksaltirish, aholi o‘rtasida milliy xunarmandchilik, kasanachilik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish jarayonlarining mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish, har bir oilada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi aholi qatlamini shakllantirishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2021 yil avgust va oktyabr oylaridagi «Virtual dunyo», «Sifat mezoni» eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» Davlat muassasasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 04-25-1589-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyatini quyi (kichik tadbirkorlik), o‘rta (oilaviy tadbirkorlik), yuqori (o‘rta mulkdorlar sinfi) va oliy (yirik mulkdorlar sinfi) darajalarini tizimli ravishda transformatsiyalashuv jarayonlarini ochib berishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik madaniyati faoliyatining institutsionallashuvi, ushbu faoliyat turini rivojlantirish jarayonlari sotsiologik nuqtai-nazardan asoslab berilgan taklif va tavsiyalaridan Namangan viloyati hokimligi Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasining «Har bir oila - tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz» shiori ostida o‘tkazilgan kompleks tadbirlarida foydalanildi (Namangan viloyati hokimligining 02-12/1055-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritib borish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini, bugungi kun nuqtai nazaridan shakllanib borayotgan va rivojlanish bosqichiga ko‘tarilayotgan qatlam va sinflarda milliy vatanparvarlik tuyg‘usi hamda o‘zlikni anglash ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2021 yil avgust va oktyabr oylaridagi tashkil etilgan bir qator turkum ko‘rsatuvlarni («Muvaffaqiyat sirlari», «Sifat mezoni») tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» Davlat muassasasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 04-25-1589-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish hamda ushbu faoliyati bilan shug‘ullanuvchi aholi qatlamini shakllantirishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini keng targ‘ib qilgan.