Muydinova Moxira Mukumjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sotsial boshqaruvda arxivlar faoliyatining ahamiyati (Namangan viloyati misolida)», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/S37.
Ilmiy rahbar: Abdulazizov Abduvohid Habibullaevich, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Ziyovuddin Muhiddinovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyatida arxivlar faoliyatining samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va unga sotsial texnologiyalarni joriy etish borasidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ijtimoiylashuvini yanada rivojlantirishda arxivlarning integrallashuvi va kommunikativ xususiyati orqali ijtimoiy xotira va tarixiy ongni mustaxkamlashni amalga oshiradigan shaxs, davlat, jamiyat manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy xavfsizlik funksiyalari aniqlangan;
arxiv xizmatlaridan foydalanishda davlat, jamiyat, shaxs elektron daxlsizligini mustahkamlash orqali arxivlarning mahalla tizimida oilaviy arxivlar faoliyatini E-Arxiv asosida takomillashtirilishi sotsiologik asoslantirilgan;
elektron hujjat aylanishida foydalanuvchi-mijoz hamda dastur o‘rtasidagi aloqaning matnli, ovozli, grafik, video tasvirli ko‘rinishining interfeys modelini tizimga tatbiq etilishi hujjatlarning elektron asl nusxalarini ro‘yxatga olish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bosqichlarini engillatish yo‘llari sotsiologik asoslangan;
arxivlar faoliyatini mahalla instituti va davlat xizmatlarining raqamli identifikatsiya tizimida joriy etish orqali takomillashtirishda jamiyatning retrospektiv hujjatli ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni milliy ijtimoiy xotirani blokcheyn texnologiyalari yordamida qondirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sotsial boshqaruvda arxivlar faoliyatining ahamiyati(Namangan viloyati misolida) mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
arxivlardan shaxs ijtimoiylashuvini yanada rivojlantirishda arxivlarning integrallashuvi va kommunikativ xususiyati orqali ijtimoiy xotira va tarixiy ongni mustaxkamlashni amalga oshiradigan shaxs, davlat, jamiyat manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy xavfsizlik funksiyalari aniqlanganligiga oid xulosalari O‘zarxiv agentligining hududiy boshqarmasida tadbiq etilgan. (O‘zarxiv agentligining 2022- yil 3 -iyundagi 01-26-06/699- son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyati arxivlaridagi ijtimoiy texnologiyalarni rivojlantirishda, arxivlar faoliyatida sotsial boshqaruv obektining ijtimoiy obektga tizimli ta’sirini rivojlantirishga xizmat qilgan;
arxiv xizmatlaridan foydalanishda davlat, jamiyat, shaxs elektron daxlsizligini mustahkamlash orqali arxivlarning mahalla tizimida oilaviy arxivlar faoliyatini E-Arxiv asosida takomillashtirilishi sotsiologik asoslanganligiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021- yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar dasturining II yo‘nalishi «Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari» g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlarining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021- yil 24 -dekabrdagi 02/02/1751- son ma’lumotnomasi). Natijada arxivlar tizimini takomillashtirishning intellektualizasiyalash bilan sotsial xotira, tarixiy xotirani rivojlantirish, hamda ma’naviy meros orqali inson ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan foydalanish orqali shaxs barkamolligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda elektron hujjat aylanishida foydalanuvchi-mijoz hamda dastur o‘rtasidagi aloqaning matnli, ovozli, grafik, video tasvirli ko‘rinishining interfeys modelini tizimga tatbiq etilishi hujjatlarning elektron asl nusxalarini ro‘yxatga olish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bosqichlarini engillatish yo‘llariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2021- yil iyul, sentyabr oylaridagi «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Kun mavzusi» eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021- yil 8- oktyabrdagi 04-25-1590-sonli dalolatnomasi). Natijada arxiv boshqaruvini modernizatsiya qilish va intellektualizatsiyalash bilan bog‘liq jihatlarini rivojlantirishi uchun xizmat qilgan;
arxivlar faoliyatini mahalla instituti va davlat xizmatlarining raqamli identifikatsiya tizimida joriy etish orqali takomillashtirishda jamiyatning retrospektiv hujjatli ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni milliy ijtimoiy xotirani blokcheyn texnologiyalari yordamida qondirilishi asoslanganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 5- apreldagi 101-son «O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorining «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» davlat dasturidan kelib chiqib, arxivlar faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda instrumental innovatsion xizmatlarni joriy etishda foydalanildi (O‘zarxiv agentligining 2022- yil 3 -iyundagi 01-26-06/699- son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatida arxivlar sohasida zamonaviy boshqaruvni rivojlantirishga xizmat qilgan.