Nazarova Muslima Nazarovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Iqt2442
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zunnunova Xulkar Muxtorovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida nobank moliya-kredit tashkilotalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlari va jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikrokreditlar foiziga milliy valyuta almashinuv kursi tebranishining taʼsirini baholash va bu orqali kredit risklarini samarali boshqarish asoslangan;
mikromoliya tashkilotlarining kreditlari hajmini oshirishda daromad keltirmaydigan aktivlarining umumiy aktivlar hajmidagi salmogʼini kamaytirish va mikromoliya tashkilotlarining joriy likvidlilik darajasini oshirish taklif etilgan;
pul bozoridagi tendensiyalarning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi kredit tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi aktivlari va kapitali rentabelligiga taʼsirini empirik baholash taklif etilgan;
mikrokredit tashkilotlarining aholini ijtimoiy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ko‘lam kengligi samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subʼektlari va jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikrokreditlar foiziga milliy valyuta almashinuv kursi tebranishining taʼsirini baholash va bu orqali kredit risklarini samarali boshqarishga doir taklifi XAB Trastbankning 2023 yil 10 iyuldagi 01-33/5727-son bayonnomasi asosida (XAB Trastbankning 2023 yil 10 iyuldagi 01-33/5727-son dalolatnoma) amaliyotga joriy etilgan. Natijada, milliy valyuta kursining 1 foizga devalvatsiya qilinishi keyingi oyda kichik biznes subʼektlari va jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikrokreditlar foizini 0,24 foizga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektorli avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan.
mikromoliya tashkilotlarining kreditlari hajmini oshirishda daromad keltirmaydigan aktivlarining umumiy aktivlar hajmidagi salmogʼini kamaytirish va mikromoliya tashkilotlarining joriy likvidlilik darajasini oshirishga doir taklifi «Imkon finans mikrokredit tashkiloti» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 10 apreldagi 07/178-son bayonnomasi asosida («Imkon finans mikrokredit tashkiloti» AJning 2023 yil 10 apreldagi 07/178-son dalolatnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Natijada, ushbu aksiyadorlik jamiyatining likvidlilik darajasi 2020-2022 yillarda o‘rtacha 7,90 foizni tashkil etgan holda umumiy mikromoliya tashkilotlari likvidliligining o‘rtacha darajasidan (7,50 foiz) yuqori saqlanishi taʼminlandi.
Pul bozoridagi tendensiyalarning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi kredit tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi aktivlari va kapitali rentabelligiga taʼsirini empirik baholashga doir taklifi XAB Trastbankning 2023 yil 10 iyuldagi 01-33/5727-son bayonnomasi asosida (XAB Trastbankning 2023 yil 10 iyuldagi 01-33/5727-son dalolatnoma) amaliyotga joriy etilgan. Natijada, muomaladagi pul massasini bir foizga oshishi ikki oydan keyin mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi kredit tashkilotlarining aktivlar rentabelligini (ROA) -3,55 foizga va kapital rentabelligini (ROE) -6,18 foizga pasaytirishi ekonometrik strukturaviy vektorli avtoregressiya (SVAR) model orqali asoslab berilgan.
mikrokredit tashkilotlarining aholini ijtimoiy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ko‘lam kengligi samaradorligini oshirishga doir taklifi «Imkon finans mikrokredit tashkiloti» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 10 apreldagi 07/178-son bayonnomasi asosida («Imkon finans mikrokredit tashkiloti» AJning 2023 yil 10 apreldagi 07/178-son dalolatnoma) amaliyotga joriy etilgan. Natijada, ushbu mikrokredit tashkilotining ko‘lam kengligi samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblangan aktivlarining umumiy miqdori 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 201,0 foizga hamda kreditlari hajmi ko‘rilayotgan yillarda 125,9 foizga oshishiga olib keldi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish