Sultanov Turdali Muxtaralievichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning pedagogik imkoniyatlari (umumta’lim maktablarining 1-sinflari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3452.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mavlanova Saidaxon Umarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptatsiya qilishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’limga adaptasiya qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlarning pedagogik-psixologik asoslari va xususiyatlari (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish) mazkur jarayonga didaktik tasnifiy tuzilmani (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) integrasiyalash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning amaliy mexanizmlari o‘quvchilarni o‘quv-bilish faoliyatiga odatlantirish, moslashtirish, ko‘niktirish hamda savod chiqarish va fanlarni o‘rganishni izchil rivojlantirib borish jarayonlarining kommunikativ kompetensiya bilan o‘zaro qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
 boshlang‘ich sinflarda an’anaviy kommunikativ metodlarning o‘yin texnologiyalari bilan uzviy aloqasini ta’minlashning usul va yo‘llari o‘qituvchining faoliyat funksiyalarini (instruktorlik, kuzatuvchilik, qo‘llab-quvvatlovchilik, boshqaruvchilik) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga tizimli moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning pedagogik modeli boshlang‘ich ta’limning metodik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish usullari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
ta’lim jarayoniga shakliy, tarkibiy, imkoniyatli didaktik tasnifiy tuzilmani integrasiyalash orqali kiritish asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’limga adaptasiya qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlarning o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish pedagogik-psixologik xususiyatlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilish mazmuni, uning shakl, metod va vositalari borasidagi taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘i (ro‘yxat raqami 166-154). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
  o‘quvchilarni o‘quv-bilish faoliyatiga odatlantirish, moslashtirish, ko‘niktirish hamda savod chiqarish va fanlarni o‘rganishni izchil rivojlantirib borish jarayonlarining kommunikativ kompetensiya bilan o‘zaro qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning amaliy mexanizmlari, boshlang‘ich ta’limning metodik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish usullarini ko‘rgazmalilik, aqliy va jismoniy rivojlanish, nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi tamoyillari asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning pedagogik modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Maktabgacha va maktab vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 13 iyundagi 01/11-01/1-497-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘qituvchining faoliyatining instruktorlik, kuzatuvchilik, qo‘llab-quvvatlovchilik, boshqaruvchilik kabi funksiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga tizimli moslashtirish asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinflarda an’anaviy kommunikativ metodlarning o‘yin texnologiyalari bilan uzviy aloqasini ta’minlashning usul va yo‘llari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin texnologiyalari asosida ta’limga adaptasiya qilishga doir elektron ta’lim resursi yaratish bo‘yicha tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2023 yil 18 maydagi  123/1-son dalolatnomasi). Natijada, birinchi sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davrini tashkil etishda didaktik vositalar, o‘quvchilarni harakatga undovchi topshiriqlar, sinf jamoasi oldida o‘quvchining tan olinishga erishishiga ko‘maklashuvchi o‘yin texnologiyalarining didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish