Kobilova Shaxnoza Xudayshukurovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4789.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar hayot xavfsizligini inklyuziya muhitida ta’minlashning tashkiliy-pedagogik aspektlari imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga xos individuallik, moslashuvchanlik, kompensatsiyaga tayanish tamoyillarini himoyalovchi pedagogik jarayonga shaxsga yo‘nalganlik munosabatida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim klasteri vositasida o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning psixologik qulay, tashkiliy xavfsiz, pedagogik moslashuvchan shart-sharoitlari to‘siqsiz munosabatlarga mo‘ljallangan diffuz inklyuziya elementlarini ruhiy muvozanat konsentratsiyasi muhitida differensiallikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning klaster modeli sub’ektlar o‘rtasida faol harakat koordinatsiyasini barqarorlashtiruvchi akademik-ijtimoiy keyslarni individual modellashtirilgan jarayonda majmuaviy ta’sirda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida hayot xavfsizligining ta’minlanganligini baholash mezonlari o‘quvchilarda ijtimoiy ta’sirga chidamlilik immunitetini intensiv rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini individual faoliyat pozisiyasida refleksiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlash orqali pedagogik-psixologik shart-sharoitlari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim klasteri vositasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar hayot xavfsizligini inklyuziya muhitida ta’minlashning tashkiliy-pedagogik aspektlari imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga xos individuallik, moslashuvchanlik, kompensatsiyaga tayanish tamoyillarini himoyalovchi pedagogik jarayonga shaxsga yo‘nalganlik munosabatida kiritishga oid xulosalaridan Jizzax politexnika institutining “O‘quvchilarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlar” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023 yil 11 iyul  03-1756-1753–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hayot xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
ta’lim klasteri vositasida o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning psixologik qulay, tashkiliy xavfsiz, pedagogik moslashuvchan shart-sharoitlari to‘siqsiz munosabatlarga mo‘ljallangan diffuz inklyuziya elementlarini ruhiy muvozanat konsentratsiyasi muhitida differensiallikda qo‘llashga doir takliflar “Logopedik massaj” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyayalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68–son buyruq, 68–778 raqamli guvohnoma). Natijada ta’lim jarayonida hayot xavfsizligini ta’minlashning didaktik imkoniyatlari boyitilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning klaster modeli sub’ektlar o‘rtasida faol harakat koordinatsiyasini barqarorlashtiruvchi akademik-ijtimoiy keyslarni individual modellashtirilgan jarayonda majmuaviy ta’sirda qo‘llash asosidagi g‘oyalari, ilmiy gipotezalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali uzatiladigan “Bugun intervyu”, “Milliy ta’lim” va “Bugun” nomli ko‘rsatuvlarda amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2023 yil 14 iyundagi 02-02-03/135-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Inklyuziv diffuz” nazariyasi hamda o‘qitishning didaktik ta’minotini mobillashtirish hamda ommalashtirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish