Makovskaya Liliya Germanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari ko‘ptilli muhitida akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1807.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ruzmetova Muhabbat Shakirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tilli muhitida talabalarning akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash metodologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.      
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tildan foydalanish samaradorligini aniqlashga qaratilgan baholashni amalga oshirishning uslubiy yondashuvlari akademik tilning muhim xususiyatlari asosida ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalari kontekstida yozma topshiriqlarni ishlab chiqish hamda talaba yozma ishlariga joriy fikr-mulohaza (feedback) berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarining akademik yozma topshiriqlar yaratish metodikasi talabalarning akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha amaldagi qarashlari va tajribalari orqali ko‘p tilli muhitda talabalarning ingliz tilidagi akademik yozuvini shakllantiruvchi (formative feedback) va umumlashtiruvchi (summative feedback) fikr mulohaza kombinatsiyasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
ko‘p tilli talabalarning yozuvga oid vazifalarni bajarishida tez-tez uchrab turuvchi xatolari miqdoriy va sifat ko‘rsatkichi asosida talabalarning yozuv ko‘nikmasi sifatini oshirish, grammatika va lug‘atga oid bilimlarini oshirish uchun mo‘ljallangan ingliz tilidagi mos so‘z/iboralarga o‘zgartirish, ega - feʼl moslashuvini aniqlash, ortiqcha so‘zlarni olib tashlash kabi amaliy mashg‘ulotlar majmuasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida yozishni o‘rgatish va uni baholash bo‘yicha yozma topshiriqning bir nechta qoralama nusxalarini topshirish imkonini beruvchi yozuvni o‘rgatishning jarayonga asoslangan yondashuvi (process-oriented approach) talabalarni o‘zaro baholash jarayoniga jalb etish, o‘z-o‘zini baholash uchun nazorat ro‘yxatidan foydalanish va fikr bildiruvchi sifatida o‘qituvchining kamaytirishga qaratilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari ko‘ptilli muhitida akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash (ingliz tili misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tildan foydalanish samaradorligini aniqlashga qaratilgan baholashni amalga oshirishning uslubiy yondashuvlari akademik tilning muhim xususiyatlari asosida ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalari kontekstida yozma topshiriqlarni ishlab chiqish hamda talaba yozma ishlariga joriy fikr-mulohaza (feedback) berish asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda olib borgan “O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va masshtablash” qo‘shma ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2022-yil 9-noyabrdagi 01-01/1-2786-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning turli xil o‘qitish va baholash metodlaridan foydalanish, o‘z g‘oyalarini boshqa soha mutaxassislari bilan o‘rtoqlashish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, turli o‘quv manbalari va materiallarini to‘plash va ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu sohada o‘qitish va baholashning asosiy tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha mahoratlari oshgan;
oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarining akademik yozma topshiriqlar yaratish metodikasi talabalarning akademik yozuv ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha amaldagi qarashlari va tajribalarini o‘rganish orqali ko‘p tilli muhitda talabalarning ingliz tilidagi akademik yozuvini shakllantiruvchi (formative feedback) va umumlashtiruvchi (summative feedback) fikr mulohaza kombinatsiyasini qo‘llashga oid taliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda olib borgan “O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va masshtablash” qo‘shma ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining 2022-yil 9-noyabrdagi 01-01/1-2786-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalardan ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun (ESP) o‘qitish darslariga mos dars rejalari / o‘quv materialini ishlab chiqishlari, autentik materiallarni moslashtirishlari va o‘z ichiga refleksiv tahlil kabi vazifalarni jamlagan zamonaviy, faoliyatga asoslangan baholash usuli yaratildi va bu orqali magistratura talabalarining kasbiy mahorati va yozish ko‘nikmalarini takomillashtirishga erishilgan;
ko‘p tilli talabalarning yozuvga oid vazifalarni bajarishida tez-tez uchrab turuvchi xatolari miqdoriy va sifat ko‘rsatkichli tahlili asosida talabalarning yozuv ko‘nikmasi sifatini oshirish, grammatika va lug‘atga oid bilimlarini takomillashtirish uchun mo‘ljallangan ingliz tilidagi mos so‘z/iboralarga o‘zgartirish, ega - feʼl moslashuvini aniqlash, ortiqcha so‘zlarni olib tashlash kabi amaliy mashg‘ulotlar “Kembrij tajribasiga asoslangan trenerlar tayyorlash” kursi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-oktyabrdagi 89-02-833-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning formativ va summativ baholash usullarini farqlash, talabalarning yozma va og‘zaki topshiriqlariga qayta aloqa berish, talabalarning bilimlarini baholash bo‘yicha turli topshiriqlarni ishlab chiqish bosqichlari, hamda turli o‘quv fanlari bo‘yicha tegishli baholash mezonlarini yaratishning asosiy jihatlari bo‘yicha bilim va malakalari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish