Xolxo‘jaev Farrux Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3008.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Postreproduksion davrda ingichka ichak mahalliy neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba senil osteoporoz modeli sifatida olingan qari laborator hayvonlarda ingichka ichak mahalliy boshqaruv tizimi morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiya darajasi aniqlangan;
ilk marotaba suyak to‘qimasi g‘ovak va kompakt moddalarning nisbatini rentgenogrammalarda aniqlashning innovatsion usuli ishlab chiqildi;
ilk marotaba postreproduksion davrda laborator hayvonlarda g‘ovak va kompakt moddalarning nisbati boshqaruv peptidlar hosilalari va nerv tuzilmalarining holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
suyak to‘qimasida senil osteoporozni erta tashxislash va u bilan bog‘liq osteoporotik sinishlar yuzaga kelgan bemorlarda asoratlar oldini olish buyicha profilaktik choralar algoritmi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyuldagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: senil osteoporoz modeli sifatida olingan qari tajriba hayvonlarda ingichka ichak mahalliy boshqaruv tizimi morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiya darajasi kompleks ravishda o‘rganish natijasida ingichka ichak mahalliy boshqaruv tizimida bo‘ladigan o‘zgarishlar aniqlangan. Bu o‘zgarishlar bevosita ingichka ichakdan barcha mineral moddalar, xususan kal`siy so‘rilishiga o‘zining salbiy ta’siri natijasida suyak mineralizatsiyasining turli darajada pasayishiga (osteopeniya va osteoporoz) olib keladi. Bu jarayonlarni vaqtida aniqlash hazm tizimi har xil kasalliklari bor bemorlarda osteoporoz rivojlanishi mumkinligini aniqlanishi hisobiga osteoporozning og‘ir asoratlari hisoblangan tananining turli segmentlaridagi osteoporotik sinishlar  oldi olingan va profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati nogironlar reabilitatsiyasi markazi bo‘yicha 10.06.2023 yildagi 34/A-sonli buyruq, hamda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 59 -sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 50-sonli buyruq  amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Alimentar osteoporozni erta tashxislash va oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan diagnostik-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali alimentar osteoporoz rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash natijasida davolash taktikasini tanlab davolashni erta boshlash orqali ijobiy natijalarga erishish yo‘li bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postreproduksion osteoporoz rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan past energiyali son suyagi bo‘yinchasining osteoporotik sinishlari natijasida davolanish uchun o‘rtacha 3 250 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Postreproduksion osteoporozni erta tashxislash va oldini olish maqsadida diagnostik-profilaktik algoritm qo‘llanilishi natijasida senil osteoporoz natijasida yuzaga keladigan past energiyali sinishlar oldi olinadi va ularni davolash uchun  sarflanadigan byudjet harajatlari iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:  Senil osteoporoz kasalligini erta tashxislash algoritmi qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 05 iyuldagi №8872-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: chanoqning obzor rentgenografiya qilinib uning rangli printerda chiqarilgan nusxalaridan foydalanib chanoq-son bo‘g‘imlarini tashkil qiluvchi suyaklardagi g‘ovak va kompakt moddalarning nisbati aniqlangan.  Bu usul maxsus ishlab chiqilgan nuqtali setka yordamida amalga oshirilgan (“Sposob morfologicheskogo opredeleniya sootnosheniya gubchatogo i kompaktnogo veshhestv kostey na rentgenogrammax” nomli ratsionalizatorlik taklifi №1900, 13.12.2019). Bu usul yordamida rentgen tasvirlaridan foydalanib suyak to‘qimasidagi kompakt va g‘ovak moddalar nisbati aniqlanib, shu nisbat orqali suyak mineral zichligini baholash imkoniyatiga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati nogironlar reabilitatsiyasi markazi bo‘yicha 10.06.2023 yildagi 34/A-sonli buyruq, hamda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 59 -sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 50-sonli buyruq  amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Chanoqning obzor rentgenografiya qilinib uning rangli printerda chiqarilgan nusxalaridan foydalanish va shu orqali chanoq-son bo‘g‘imlarini tashkil qiluvchi suyaklardagi g‘ovak va kompakt moddalarning nisbatini aniqlashga erishildi. Bu usul yordamida raqamli rentgen bilan ta’minlangan tibbiyotning birlamchi zvenolari (tuman tibbiyot birlashmalari) da ham bu usuldan foydalanish evaziga suyak mineral zichligini holatini aniqlash imkoni yaratildi. Bu imkoniyatdan kelib chiqib tuman tibbiyot birlashmalarida ambulator murojaat qilgan bemorlarda osteoporozni erta tashxislash va davolashni vaqtida boshlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning natijasida esa kasallikning asoratlari chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning mehnat faoliyatiga yaroqsizligini oldini olishga va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tibbiyotning birlamchi zvenolariga ambulator murojaat qilgan bemorlarda chanoqni obzor rentgenografiya qilinib uning printerda chiqarilgan nusxalaridan foydalanib, shu orqali chanoq-son bo‘g‘imlarini tashkil qiluvchi suyaklardagi g‘ovak va kompakt moddalarning nisbatini aniqlash natijasida rivojlanib kelayotgan senil osteoporozni erta tashxislash natijasida, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan past energiyali sinishlarni va  bemorlarning ixtisoslashgan markazlarga murojaat qilishlari oldi olinadi. Buning natijasida davolanish uchun sarflanadigan taxminan o‘rtacha 3 250 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: obzor rentgenogrammalarning printerda chiqarilgan nusxalaridan foydalanib, chanoq-son bo‘g‘imlarini tashkil qiluvchi suyaklardagi g‘ovak va kompakt moddalarning nisbatini aniqlash yo‘li bilan rivojlanib kelayotgan senil osteoporozni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 05 iyuldagi №8872-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: postreproduksion yoshdagi bemorlarda hazm nayi a’zolarining surunkali kasalliklari va ichak devori mahalliy boshqaruv tuzilmalarining morfofunksional holati bilan ushbu yoshdagi bemorlarda suyak mineral zichligining korrelyasion bog‘liqligi isbotlab berilgan. Shunday xulosa qilish mumkinki, suyak to‘qimasi hazm qilish tizimi a’zolarining surunkali kechadigan kasalliklarida birinchilar qatorida reaktiv o‘zgarishlar namoyon qiladigan to‘qima bo‘lib, bu jarayon suyak mineral zichligining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Shu sababli oshqozon-ichak traktining surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar ikkilamchi osteoporoz rivojlanishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf guruhi bo‘lganligi uchun bunday guruhdagi bemorlarni nazoratga olish osteoporoz profilaktikasida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati nogironlar reabilitatsiyasi markazi bo‘yicha 10.06.2023 yildagi 34/A-sonli buyruq, hamda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 59 -sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 50-sonli buyruq  amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Alimentar osteoporozni erta tashxislash va oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan diagnostik-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali hazm nayi a’zolari devorida uchraydigan surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda alimentar osteoporoz rivojlanish xavfini erta aniqlash natijasida davolash taktikasini tanlab davolashni erta boshlash orqali ijobiy natijalarga erishish yo‘li bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hazm nayi a’zolari patologiyasi mavjud bemorlarda postreproduksion osteoporoz rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan past energiyali son suyagi bo‘yinchasining osteoporotik sinishlari natijasida davolanish uchun o‘rtacha 3 250 000 so‘m mablag‘ sarflanadi; postreproduksion osteoporozni erta tashxislash va oldini olish maqsadida diagnostik-profilaktik algoritm qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan past energiyali sinishlar oldi olinadi va ularni davolash uchun  sarflanadigan byudjet harajatlari iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa:  Hazm nayi devori a’zolari patologiyasi mavjud bemorlarda senil osteoporoz kasalligini erta tashxislash algoritmi qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 05 iyuldagi №8872-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postreproduksion davrda va hazm qilish tizimi a’zolari, xususan hazm nayi a’zolarida surunkali patologiyalarning mavjudligi senil osteoporozni rivojlanishiga olib keladigan asosiy omillardan ekanligini inobatga olgan holda osteoporozni erta tashxislash, oldini olish va osteoporotik sinishlar oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan diagnostik-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali postreproduksion va alimentar osteoporoz rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlab olishga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati nogironlar reabilitatsiyasi markazi bo‘yicha 10.06.2023 yildagi 34/A-sonli buyruq, hamda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 59 -sonli buyruq va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 50-sonli buyruq  amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postreproduksion osteoporozni erta tashxislash, oldini olish va osteoporotik sinishlar oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan diagnostik-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali postreproduksion va alimentar osteoporoz rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlab olish, hamda davolashni erta boshlash orqali ijobiy natijalarga erishish yo‘li bilan bemorlarning  mehnat qobiliyatini saqlab qolish, nogironlikni oldini olish va hayot sifatini yaxshilashga erishildi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan son suyagi bo‘yinchasining past energiyali osteoporotik sinishi natijasida shifoxonada o‘rtacha 10 kundan 12 kungacha bo‘lgan davolanish muddati oldi olinadi. Natijada 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkoniga erishiladi. Xulosa. Postreproduksion senil osteoporozi mavjud bo‘lgan bemorlarda son suyagi bo‘yinchaining past energiyali osteoporotik sinishlar rivojlanishini oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 05 iyuldagi №8872-sonli xati yuborilgan. Umumiy xulosa: Xolxo‘jaev Farrux Ikromovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.02 “Morfologiya”) olish uchun “Postreproduksion davrda ingichka ichak neyroendokrin tuzilmalar morfologiyasi va suyak to‘qimasining mineralizatsiyasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalari bo‘yicha: Postreproduksion yoshdagi hazm nayi a’zolarida surunkali patologik o‘zgarishlar mavjud bemorlarda o‘tkazilgan klinik, instrumental, laborator, morfologik, morfometrik va eksperimental tadqiqotlar yordamida senil osteoporozning rivojlanishida maxalliy boshqaruv tizimi, jumladan nerv va endokrin apparati tuzilmalarida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlarning ahamiyati asoslab berilgan. Postreproduksion yoshdagi odamlarda, ayniqsa postmenopauzal yoshdagi ayollarda va hazm nayi a’zolari patologiyasi bilan surunkali og‘rigan bemorlarda kompakt va g‘ovak moddalar nisbiy ko‘rsatkichi pasayishi (son suyagi proksimal metafiz qismida sezilarliroq)ni, densitometriya usulining nurlanish jihatdan kam zararli, hamda iqtisodiy tomondan qulayliligini inobatga olib, osteoporozni erta tashxislash va osteoporotik sinishlarini profilaktikasi va oldini olish maqsadida har 6 oyda rejali densitometriya o‘tkazib turish tavsiya qilingan. Shuning uchun, senil osteoporoz kasalligi tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy dolzarb muammoligini hisobga olgan holda, senil osteoporozni erta tashxislash, davolash va profilaktik chora tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan algoritm yaratilgan va bu algoritm keng ko‘lamda aholi o‘rtasida joriy qilinishi tavsiya qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish