Pirmatov Otabek Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik sud ishlarini raqamlashtirish va virtuallashtirish”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Yu177.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor; Nazarov Yusuf Bozorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish mehanizmini takomillashtirish, fuqarolik sud ishlarini yuritishni raqamlashtirish va virtuallashtirishning protsessual jihatlariga huquqiy nuqtai nazardan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish hamda ish bo‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish asoslab berilgan;
fuqarolik sud ishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni bevosita davlat organlari va boshqa tashkilotlardan elektron shaklda olish orqali davlat organlari va sudlar o‘rtasida axborot almashuvini yaxshilash lozimligi asoslab berilgan;
mamlaktimizda virtual sud majlislarini rivojlantirish nuqtai nazaridan sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali sudlardagi mavjud videokonferensaloqa rejimini yanada takomillashtirish lozimligi asoslab berilgan;
fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etish huquqi hamda fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilganda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlananishi lozimligi ochib berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarida hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimga o‘tish nuqtai nazaridan sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida taraflarga yuborilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik sud ishlarini raqamlashtirish va virtuallashtirish bo‘yicha tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bo‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4818-son Qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 27/2-239-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga sudga bormasdan sud orqali o‘zlarining buzilgan huquqlarini tiklash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
muayyan fuqarolik sud ishini ko‘rish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish orqali davlat organlari va sudlar o‘rtasida axborot alamashuvini yaxshilashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4818-son Qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 27/2-239-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolarning sarson bo‘lishini va ortiqcha qog‘ozbozlikni oldini olishga xizmat qilgan;
sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali sudlardagi mavjud videokonferensaloqa rejimini yanada takomillashtirishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4818-son Qarorining 6-bandi birinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 27/2-239-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif taraflar uyidan yoki ish joyidan chiqmasdan sud majlislarida ishtirok etishini yaratishga xizmat qilgan;
fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etish huquqi hamda mazkur moddaning beshinchi xatboshisidagi fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilganda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishiga doir takliflar Fuqarolik protsessual kodeksining 5-moddasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 22 noyabrdagi 06-13/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolik sud ishlarini elektron shaklda shakllantirishga imkon bergan.
sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishini Fuqarolik protsessual kodeksining 179-moddasini ikkinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 22 noyabrdagi 06-13/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud va taraflar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi nuqtai nazaridan inobatga olingan.