Haydarov Mansur Mahmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Dastlabki tergovda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 12.00.09 -“Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligida (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Yu265.
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Urazaliev Murod Koraevich, yuridik fanlar doktori, professor; Vahobjon Karimov, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda dastlabki tergovda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan, jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyingina dalil sifatida tan olinishi va foydalanilishi mumkinligi asoslangan;
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan amalga oshirilishi shartligi asoslantirilgan;
dastlabki tergovda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishda shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash orqali olingan dalillardan foydalanish ta’qiqlanishi asoslantirilgan;
jinoyatchilikka qarshi kurashda tezkor-qidiruv organlarining o‘z vakolatlari doirasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijalari tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda foydalanishi lozimligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishning metodikasi va xususiyatlarga oid nazariy-huquqiy bilimlarni rivojlantirish hamda qonun normalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan, jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyingina dalil sifatida tan olinishi mumkinligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2021 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘RQ–675-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 88-modda 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2021 yil 23 apreldagi 05/1-01-81-son ma’lumotnomasi). Bu taklif tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan isbot qilishda foydalanishda jinoyat protsessi ishtirokchilarining shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishni kafolatlagan;
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan amalga oshirilishi tartibiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2021 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘RQ–675-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 392-modda 6-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2021 yil 23 apreldagi 05/1-01-81-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi jinoyat ishlari bo‘yicha shaxs huquq va erkinliklarini ta’minlash darajasini oshirilishiga xizmat qilgan;
dastlabki tergovda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishda shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash orqali olingan dalillarda foydalanish ta’qiqlanishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2021 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘RQ–675-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 88-modda 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2021 yil 23 apreldagi 05/1-01-81-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi gumon qilinuvchilarni ushlab turish vaqtida qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish uchun innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jinoiy protsessini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Jinoyat-protsessual Kodeksi loyihasini 33-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi bandining (amaldagi JPKning 328-moddasi 1-bandi) «tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijasida jinoyatga oid ma’lumotlar aniqlanganida» tahririda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijasida jinoyatga oid ma’lumotlar aniqlanganida, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga huquqiy asos yaratadi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish