Ruziev Xurshid Abdualimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Redagogika nazariyasi. Redagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped 4862.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zamjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Gavhar Normuratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy muloqot va axborotlar bilan ishlashda tadrijiy ketma-ketlikka amal qilish traektoriyasini aniq belgilash hamda o‘qitish mazmuni, shakllarini tanlashda didaktik uzviylikni ta’minlash va o‘quv jarayonini konstruktiv-dinamik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari axborotlar bilan ishlash produktivligini ta’minlashning motivatsion-aksiologik, kognitiv-operatsional va refleksiv shakllanish jarayonini til ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashning didaktik mazmuni bilan bosqichma-bosqich adaptiv sinxronlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish mezonlari o‘qitish motivlarini fanlararo aloqalar vositasida rivojlantirish, axborotlarni turli manbalardan ajratib olish, yangi axborot manbalarini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi terminologiyasiga mos til o‘rganish aspektidagi pedagogik tuzilmasini ta’limiy maqsadlarga barqaror yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish jarayoni chet tilida shaxsiy o‘quv va kasbiy faoliyatni baholashning kognitiv–axborot-kommunikatsion vositalarini effektiv qo‘llash, amaliy-faoliyatli – axborot muhitini maqsadli shakllantirish hamda nutqiy topshiriqli ish turlari refleksiv ta’sirchanligini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy muloqot va axborotlar bilan ishlashda tadrijiy ketma-ketlikka amal qilish traektoriyasini aniq belgilash hamda o‘qitish mazmuni, shakllarini tanlashda didaktik uzviylikni ta’minlash va o‘quv jarayonini konstruktiv-dinamik rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Deusch” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 314-49 son nashr guvohnomasi). Natijada bo’lajak agronomlar chet tilini o’qitish davomida axborot kompetentliligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari axborotlar bilan ishlash produktivligini ta’minlashning motivatsion-aksiologik, kognitiv-operatsional va refleksiv shakllanish jarayonini til ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashning didaktik mazmuni bilan bosqichma-bosqich adaptiv sinxronlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Deusch” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 314-49 son nashr guvohnomasi). Natijada bo’lajak agronomlarning o’zini-o’zi kasbga yo’naltirish kompetentliligini izchil rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
izchillik asosida bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish mezonlari o‘qitish motivlarini fanlararo aloqalar vositasida rivojlantirish, axborotlarni turli manbalardan ajratib olish, yangi axborot manbalarini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi terminologiyasiga mos til o‘rganish aspektidagi pedagogik tuzilmasini ta’limiy maqsadlarga barqaror yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Deusch” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 314-49 son nashr guvohnomasi). Natijada bo’lajak agronomlar axborot kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak agronomlarning axborot kompetentliligini rivojlantirish jarayoni chet tilida shaxsiy o‘quv va kasbiy faoliyatni baholashning kognitiv–axborot-kommunikatsion vositalarini effektiv qo‘llash, amaliy-faoliyatli – axborot muhitini maqsadli shakllantirish hamda nutqiy topshiriqli ish turlari refleksiv ta’sirchanligini dinamik oshirish asosida takomillshtirilga oid takliflar “Deusch” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 314-49 son nashr guvohnomasi). Natijada bo’lajak agronomlarning kognitiv – axborot-kommunikatsiya vositalarini qo’llash imkoniyatlari oshirilgan.