Xalbaeva Gulnoza Arshidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolalarni maktabga tayyorlashning innovatsion-psixologik mexanizmlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P292.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Djolimbetova Miuagul Madiyarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarni maktabga tayyorlashning innovatsion-psixologik mexanizmlarini emperik tadqiq etish hamda maktabga tayyorlash bo‘yicha psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarni maktabga psixologik tayyorlashning innovatsion mexanizmlari modeliga ko‘ra borliqni anglash, idrok qilish, tafakkur operatsiyalarining bilishga oid muloqot kontekstida rivojlanishi tufayli «kognitiv», «moslashtirish», «kreativ» komponentlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
bolalarda o‘quv motivlarining darajaviy ifodalanishida kognitiv bilimlarning faoliyat jarayoniga ijobiy munosabat motivatsiyasining ortib borishi tufayli shaxsiy va intellektual omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan;
bolalardagi innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholashda ijtimoiy persepsiya, ijodkorlik bilan bog‘liq ravishda tashabbuskorlikning ortishi kreativ tafakkur indikatorlarini kuchaytirganligi tufayli o‘quv motivlari yetakchi mezon ekanligi isbotlangan;
bolalarni maktabga tayyorlashning innovatsion-psixologik mexanizmlari xavotirlanish, qo‘rquv, agressiya, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish intellektual hislarni hamda irodaviy xususiyatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli «kognitiv boshqaruvchanlik», «adaptatsion», «hissiy», «motivatsion» komponentlarning o‘zaro integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarni maktabga tayyorlashning innovatsion-psixologik mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bolalarni maktabga psixologik tayyorlashning innovatsion mexanizmlari modeliga ko‘ra borliqni anglash, idrok qilish, tafakkur operatsiyalarining bilishga oid muloqot kontekstida rivojlanishi tufayli «kognitiv», «moslashtirish», «kreativ» komponentlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-38-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarning kreativ fakkurini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
bolalarda o‘quv motivlarining darajaviy ifodalanishida kognitiv bilimlarning faoliyat jarayoniga ijobiy munosabat motivatsiyasining ortib borishi tufayli shaxsiy va intellektual omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosa va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-38-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda bolalarni maktabga psixologik jihatdan tayyorgarlashning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
bolalardagi innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholashda ijtimoiy persepsiya, ijodkorlik bilan bog‘liq ravishda tashabbuskorlikning ortishi kreativ tafakkur indikatorlarini kuchaytirganligi tufayli o‘quv motivlari yetakchi mezon ekanligi isbotlanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-38-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda o‘quv jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bolalarni maktabga tayyorlashning innovatsion-psixologik mexanizmlari xavotirlanish, qo‘rquv, agressiya, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish intellektual hislarni hamda irodaviy xususiyatlarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli «kognitiv boshqaruvchanlik», «adaptatsion», «hissiy», «motivatsion» komponentlarning o‘zaro integratsiyasi asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-38-sonli buyrug‘iga asosan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-38-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligi oshgan.