Adilov Zarifjon Himmatovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston shaharlari landshaft muhiti dizaynini kompleks tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/A12.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSC.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindorovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Muqimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori, professor (Tojikiston); Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlikLITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston shaharlari atrof-muhitining tabiiy komponentlari, landshaft muhiti dizaynini samarali tashkil etish orqali shaharning arxitekturaviy landshaftini qayta tiklash yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar hududlarining dizayni va me’moriy landshaftini qayta tashkil etish tamoyillari dizayn kodga asoslangan shahar muhitini, daraxsimon o‘simliklarni idrok qilish psixologiyasini, estetik uyg‘unlikni samarador tashkil etish kabi usullarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
me’moriy landshaftni tashkil etishda ekologik barqarorlashtirish va fazoviy muvofiqlashtirishning samaradorligiga tabiiy va antropogen landshaftni fazoviy muhit uyg‘unligida qo‘llash orqali erishish mumkinligi asoslangan;
shahar hududlarini loyihalash va rejalashtirishda vertikal ko‘kalamzorlashtirish, bino - inshootlar tom va terassalarini ko‘kalamzorlashtirish, tarixiy-madaniy meros hududlarini obodonlashtirish, salomatlik landshaftlarini loyihalash hamda tashkil etishda zonalashtirish kabi loyiha echimi parametrlari taklif etilib, ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish elementlarining samarali kombinatsiyalari ishlab chiqilgan;
shahar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun manzarali va turli tashqi ta’sirlarga chidamli daraxtlar, butalar va lianalarning turlari hamda shakllarini respublikaning turli iqlimiy mintaqalarini inobatga olgan holda qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan o‘simliklar assortimenti shakllantirilgan;
shahar muhitlarida vizual tartibsizlikni tartibga solishga imkon beruvchi - DIZAYN KOD: Umumiy talablar, Shahar kichik me’moriy shakllari, Reklama konstruksiyalari, Fasadlar uchun texnikaviy shartlar ishlab chiqilib, shu asosda Toshkent shahar Kichik xalqa avtomobil yo'lining Beruniy ko'chasi kesishmasidan Sobir Raximov ko'chasi kesishmasigacha masofada (5,5 km) bo‘lgan hudud uchun landshaft echimi loyihasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston shaharlari landshaft muhiti dizaynini kompleks tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shahar hududlarining dizayni va me’moriy landshaftini qayta tashkil etish tamoyillari dizayn kodga asoslangan shahar muhitini, daraxsimon o‘simliklarni idrok qilish psixologiyasini, estetik uyg‘unlikni samarador tashkil etish kabi usullarni kiritish orqali takomillashtirilganligi yuzasidan olingan xulosalar “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan ShNQ 3.01.05-22 raqamli “Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish” nomli shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni shaharsozlik nuqtai nazaridan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni loyihalash ishlarni bajarish va qabul qilish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
me’moriy landshaftni tashkil etishda ekologik barqarorlashtirish va fazoviy muvofiqlashtirishning samaradorligiga tabiiy va antropogen landshaftni fazoviy muhit uyg‘unligida qo‘llash orqali erishish mumkinligi asoslanganligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Umumiy talablar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ichki muhitini arxitektura-dizayn echimlari ishchi loyihalarini tuzish hamda ularni tartibga solish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
shahar hududlarini loyihalash va rejalashtirishda vertikal ko‘kalamzorlashtirish, bino - inshootlar tom va terassalarini ko‘kalamzorlashtirish, tarixiy-madaniy meros hududlarini obodonlashtirish, salomatlik landshaftlarini loyihalash hamda tashkil etishda zonalashtirish kabi loyiha echimi parametrlari taklif etilib, ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish elementlarining samarali kombinatsiyalari ishlab chiqilganligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Shahar kichik me’moriy shakllari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar hududlarida, jamoat joylari, bog‘-park hududlari, madaniy meros obektlari hududlarida joylashgan kichik me’moriy obektlardan foydalanish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
shahar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun manzarali va turli tashqi ta’sirlarga chidamli daraxtlar, butalar va lianalarning turlari hamda shakllarini respublikaning turli iqlimiy mintaqalarini inobatga olgan holda qo‘llash bo‘yicha takomillashtirilgan o‘simliklar assortimenti shakllantirilganligi bo‘yicha olingan xulosalar Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Reklama konstruksiyalari” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shahar hududlarida, reklama elementlari va konstruksiyalarini joylashtirishni takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
shahar muhitlarida vizual tartibsizlikni tartibga solishga imkon beruvchi - DIZAYN KOD: Umumiy talablar, Shahar kichik me’moriy shakllari, Reklama konstruksiyalari, Fasadlar uchun texnikaviy shartlar ishlab chiqilib, shu asosda Toshkent shahar Kichik xalqa avtomobil yo'lining Beruniy ko'chasi kesishmasidan Sobir Raximov ko'chasi kesishmasigacha masofada (5,5 km) bo‘lgan hudud uchun landshaft echimi loyihasi taklif etilganligi yuzasidan olingan xulosalar Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Fasadlar” nomli texnikaviy shartni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 27 martdagi 24-06/2609-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharning yaxlit me’moriy va estetik qiyofasini shakllantirish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish